Kontent qismiga oʻtish

Yusuf al-Xuvayyu

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yusuf al-Xuvayyu
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti milodiy 1154-yil (hijriy 549-yil)
Dini Islom
Tanilgan sohasi adib, faqih

(Abu Yaʼqub) Yusuf ibn Tohir ibn Yusuf ibn al-Hasan al-Xuvayyu (hijriy 549-yil (milodiy 1154-yil)da yoki undan ilgariroq vafot etgan) — adib, fozil, fasohatli faqih, xushsiyrat, noziktaʼb, hassos, nazmga usta, sheʼrlari yoqimli, Xuvayyu ahlidan bo‘lgan. Tus qasabalaridan bo‘lgan Navqonda yashagan va u yerda qoziga noiblik qilgan.

  • Faroidu-l-xaroid fi-l-amsol val-hikam“ („Maqollar va hikmatlar qaʼridagi pinhona durlar“, muallif mazkur asarni 532-hijriy yilda yozib tugatgan;
  • Sharhu saqti-zzand li-l-Maʼarriy“ ("Maʼarriyning „Saqti-z-zand“ — „Olovuchquni“ asariga sharh");
  • Risolatu tanzihi-l-Qurʼoni-sh-sharif an vasmati-l-lahn va-t-tahrif“ („Qurʼoni sharifni xato qiroat qilishva buzib talaffuz etish oqibatida yuzaga keladigan dog‘lardan poklash haqida risola“)[1].
  1. Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 97-bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.