Yusuf va Zulayho
"YUSUF VA ZULAYHO" — Sharq xalqlari orasida mashhur va keng tarqalgan ishq qissasi, doston. Asl manbai — ilohiymuqaddas kitoblar: Tavrot, Injil va Qurʼoni karim. Qurʼondagi talqini birmuncha ixcham va badiiy shakllangan. Tavrotdagisi folklorga yaqin va qadimiy Misr afsonalariga borib taqalishi taxmin qilinadi. Sharqda keng tarqalgan qissaning bu varianti Qurʼoni karimning "[[Yusuf" (12) surasi asosida shakllangan boʻlib, jamiki "YU. va 3." qissa va dostonlarining ilhom manbai ushbu suradir. Ushbu qissa Qurʼonda "ahsan ulqisas" ("qissalarning eng goʻzali") deya taʼriflanadi (qarang [[Yusuf).
Mazkur qissa davrlar oʻtishi bilan Sharqda goʻzal adabiyot namunasi sifatida keng tarqaldi, koʻplab yangi voqealar bilan boyib, alohida asar holida qalamga olina boshladi. Sharqda (9-asrdan) 150 dan ortiq "YU. va 3." dostonu qissalari yaratildi. Xususan, eng mashhurlari qatorida Firdavsiy, Abulmuayyid Balxiy, Shahobiddin Amʼaq, Shohin Sheroziy, Abdulloh Ansoriy, Xoja Masʼud Iroqiy, Abdurahmon Jomiy va boshqalarning qissadostonlarini koʻrsatish mumkin. Xuddi shuningdek, turli davrlarda turkiy adabiyotda ham shu mavzuda 50 ga yaqin asar ijod qilingan. Jumladan, Qul Ali, Nosiriddin Rabgʻuziy, Haydar Xorazmiy, Mulla [[Yusuf Yorkandiy, Nozim Hiraviy, Sayqaliy, Xiromiy, Salohiy, Andalib, Hoziq kabi ijodkorlar qissa va dostonlar bitganlar.
Asarning keng tarqalishi va shuhrat qozonishiga asosiy sabab uning mazmunmohiyatidagi muhabbat talqinidir. Asar "YU. va 3.", "Qissai [[Yusuf alayhissalom" yoki "Qissai [[Yusuf paygʻambar" deya turlicha nomlanishiga va turli davrlarda, turli ijodkorlar tomonidan yozilishiga qaramay, unda ishq mavzui sufiyona talqinning eng jozibador namunasi boʻlib qolaverdi. Shu bilan birga, "YU. va 3." dostonlari oʻziga xos sof insoniy muhabbatni tarannum etuvchi dunyoviy adabiyot namunasi hamdir. Mas, Durbekka nisbat berib kelingan Xorazmiyning "YU. va 3." dostonida (1409)Oʻrta Osiyo xalkdarining turmush tarzi, oshiqlarning muhabbat toʻla sarguzashtlari juda yorqin boʻyoqlarda goʻzal tasvirlangan. Umuman, davrlar oʻtishi bilan "YU. va 3." dostoni syujeti asosida yaratilgan asarlarda oʻz davrining turli axloqiy va falsafiy qarashlari, ijtimoiy va siyosiy tushunchalari aks etib boraverdi.
Ushbu syujet asosida asarlar yaratish 20-asrda ham davom etdi. Xususan, Hamza Hakimzoda Niyoziy "Qiroat" kitobida bu qissani sodda til bilan qisqacha hikoya qilgan, Nozim Hikmat "Goʻzal [[Yusuf" pyesasi, Ramz Bobojon "YU. va 3." musiqali dramasini yaratdi. Jomiyning "YU. va 3." asari 19-asrda Ogahiy tomonidan oʻzbekchaga tarjima qilindi. Gʻarb adabiyoti ham bu syujetga murojaat qilgan (T. Manning "[[Yusuf va uning akalari" tetralogiyasi, 1933—43).
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Qurʼoni karim, T., 1992; Mallayev N., Oʻzbek adabiyoti tarixi, 1-kitob, T., 1963; Oʻzbek adabiyoti tarixi [5j.li], 1j..,T., 1977; Alisher Navoiy, Mukammal asarlar toʻplami, 16j., T., 2000; Durbek, [[Yusuf va Zulayho, T., 1959.
Otabek Joʻraboyev.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |