Yuydi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yuydi - qadimgi xitoyliklarning diniy e’tiqodiga ko‘ra, butun olamni boshqargan hukmdor. Uni “nefrit hukmdor” deb atab, unga osmon, yer, yersoti dunyosidagi barcha mavjudotlar, ilohlar, ruhlar bo‘ysungan. Uni imperatorlarning ajdarholar tasviri tushirilgan zarto‘n kiyib, taxtda o‘tirgan, qo‘lida nefrit tayoqchasini ushlagan holda tasvirlashgan. Uning saroyi 36 osmonda joylashgan, qasr darvozasida muqaddas Van Linguan turgan. Xotini - ipakchilik ma’budasi Matodyan, qizi - Sigunyan (yettinchi xurliqo) bo‘lgani haqida rivoyatlar tarqalgan[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Najmiddinov, Karimov, Turdiyeva 2017, s. 431.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Najmiddinov J., Karimov J., Turdiyeva D.. Dinshunoslik. Qomusiy lugʻat. Imom Buxoriy xalqaro markazi nashriyoti, 2017 — 480 bet. ISBN 978-9943-5105-3-1.