Zabaykalye
Zabaykalye — Baykal koʻlidan sharkda joylashgan togʻli hudud. Shim. dan janubga 1000 km ga choʻzilgan. Aksari oʻrtacha balandlikdagi (1200–1300 m) togʻlar oʻlkasi; shim. va gʻarbda baland togʻlar (3000 m gacha) bilan oʻralgan. Z.ning 2/3 qismi granitlardan tuzilgan. Oltin, titan, temir, rux, qoʻngʻir koʻmir va toshkoʻmir konlari bor. Z.ning shim.gʻarbiy qismida Baykal boʻyi baland tizmalari (Hamar-Daban, Barguzin, Jida, bal. 2500–3000 m gacha) va 3. togʻlari hamda katta soyliklar joylashgan. Bu qismida 9—10 balli, sharkroqdagi oʻrtacha, past togʻlarda va yassi tekisliklarda 6—7 balli zilzila boʻlib turadi. Iklimi keskin kontinental. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi —20° (—35° gacha), iyulniki soyliklarda 15°, togʻlarda 7—10°. Yiliga oʻrtacha 250 mm dan 1000 mm gacha yogʻin tushadi. Yirik daryolari: Vitim, Olyokma, Selenga, Shilka, Argun. Koʻllari: Baykal, Torey, Baunt, Yeravnoye, Gusinoye.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |