Zaharlovchi moddalar
Zaharlovchi moddalar - dushmanning askarlari, hayvonlari, shuningdek, oziqovqat, jangovar texnika, kiyimkechaklarini zaharlash uchun ishlatiladigan kimyoviy moddalar. 3. m. havo orqali binolar, turar joylar, pana joylarga tarqalib, ulardagi odamlarga shikayet yetkazadi. 3. m.ning shikastlantirish xususiyati havoda, turar joylarda va turli narsalarda uzoq vaqt saqlanadi. Bugʻlari shamol orqali juda katta hududga tarqaladi. 3. m.dan shikastlanish zaharlangan havodan nafas olish, u moddalarning koʻz, teri va kiyimga tegishli, zaharlangan ovqat yoki suvni isteʼmol qilish va b. orqali roʻy beradi. Lekin 3. m. zaharlanish zichligi yetarli boʻlgandagina odamlarga shikayet yetkaza oladi. 3. m. suyuq holda joylarga sepilganda, ularning maydon birligiga toʻgʻri keladigan miqdori zaharlanish zichligi deb ataladi va har kvadrat metrga toʻgʻri keladigan grammlarda ifodalanadi. 3. m. kishi organizmiga taʼsir etish xususiyatiga koʻra organizmni umumiy zaharlaydigan, nerv toʻqimalarini falajlaydigan, teri kasalliklari paydo qiladigan, boʻgʻuvchi, yosh oqizadigan, badanni yalligʻlantiradigan va b. turlarga boʻlinadi. Nerv toʻqimalarini falajlovchi 3. m.ga zarin, zoman, tabun; teri kasalliklarini paydo qiladigan 3. m.ga iprit, lyuizit; organizmni umumiy zaharlaydigan moddalarga sianid kislota, xlorsian, fosfin; boʻguvchi moddalarga fosgen, difosgen va b. kiradi. Bu boʻlinish aslida nisbiydir, chunki aksariyat 3. m. koʻp tomonlama taʼsir etish xususiyatiga ega. Xalqaro huquq 1925-yildagi Jeneva bayonnomasi bilan urushlarda boʻgʻuvchi, zaharlovchi gaz va bakteriologik vositalarni qoʻllashni taqiklaydi. 3. m.dan mudofaa qilish uchun dezaktivatsiya sharoitlariga amal qilinishi kerak. Qoʻshin turlarida shaxsiy tarkib uchun qilingan pana joy, qazilma oʻralar, qazilma yoʻllar degazatsiyalashtirilishi va shaxsiy tarkib maxsus kiyimlar bilan taʼminlanishi lozim (yana q. Ommaviy qirgʻin qurollari).
Aziza Erkaxoʻjayeva.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |