Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon viloyat kutubxonasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon viloyat kutubxonasi — Andijon viloyatida joylashgan kutubxona.

Kutubxona Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ilk bor Andijonda 1907-yilda kutubxona-qiroatxonasi ochilgan. 387 nusxadagi ijtimoiy-siyosiy qoʻlyozmalarni ichiga olgan. Ayrimlari hozirda ham saqlanib turibdi. 1922-yilga kelib Andijon Yangi shaxarida 7412 nusxadagi qoʻlyozma va kitoblarga ega boʻlgan „Markaziy kutubxona“ ochilgan boʻlsa, „Eski shahar“ hududida 1226 nusxadagi qoʻlyozma va kitoblarga ega boʻlgan „Lenin“ kutubxonasi ochilgan va keyinchalik u yer okrug yoki shahar kutubxonasi deb nomlangan. 1940-yilda shahar kutubxonasi negizida viloyat universal ilmiy kutubxonasi tashkil etilgan. Shu davrda kutubxona fondi 83132 nusxa adabiyotlardan iborat boʻlgan. 1965-yilda kutubxona 500 ming nusxa jamgʻarmaga moʻljallangan 3 qavatlik bino andozasini olgan. 1966-yilda kutubxonaga „Zahiriddin Muhammad Bobur“ nomi berildgan. Kirish qismida lelengradlik haykaltarosh tomonidan ishlangan Zahiriddin Muhammad Bobur haykali oʻrnatilgan.

Kutubxona Hozirgi Kunda[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-yil may oyida kutubxona binosida kapital taʼmirlash boshlangan va hozirda butunlay zamonaviy koʻrinishga kelgan. Kutubxonada kitob olish, kitob saqlash, kitobxonlarga xizmat koʻrsatish, ilmiy-metodik, axborot va informatika, avtomatlashtirish, menejment va marketing hamda Xorijiy adabiyotlar boʻlimlari mavjud. Bugungi kunda kutubxona fondi 550 ming nusxaga yaqin adabiyotlardan iborat boʻlib, viloyatdagi 478 ta ommaviy kutubxonalarga metodik rahbarlik qiladi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]