Kontent qismiga oʻtish

Zaki Validiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Zakiy Validiydan yoʻnaltirildi)
Zaki Validiy
Tavalludi 10 (22) dekabr 1890[1] va 1890
Vafoti 26-iyul 1970[1] va 1970
Fuqaroligi Rossiya Imperiyasi, Russian Socialist Federative Soviet Republic va Turkiya
Otasi Äxmätşah Wälidov
Onasi Ummulhayat Validova
Imzosi
Zaki Validiyning bronza byusti Sankt-Peterburg shahrida

Zaki Validiy (taxallusi; asl ismi boshqirdcha: Әхмәтзәки Әхмәтшаһ улы Вәлиди, Äxmätzäki Äxmätşah ulı Wälidi, ruscha: Ахмет-Заки Ахметшахович Валидов; muhojirlikda – Ahmad Zakiy Validiy Toʻgʻon) (1890.10.12, Ufa gubernyasi, Boshqirtoston – 1970. 26. 7, Istanbul, Turkiya) – boshqird, turkiy xalqlar milliy ozodlik harakatining yetakchilaridan biri, sharqshunos-turkshunos olim, falsafa d-ri (1935), harbiy–siyosiy arbobi.

Qozon shahar Qosimiya madrasasida tahsil koʻrgan (1908—12), shu yerda turkiy xalklar tarixi va adabiyotidan dars bergan (1910—13). „Turk va tatar tarixi“ (1912, Qozon shahar) kitobi bilan mashhur boʻlgan. Qozon universiteti tarix, arxeologiya va eti. jamiyati yoʻllanmasi bilan Sharq qoʻlyozmalarini oʻrganish uchun Fargona vodiysida (1913), Rossiya FA Markaziy Osiyo va Uzok Sharqni tadqiq etish xalqaro jamiyati yoʻllanmasi bilan Buxoro amirligida (1914) yashadi. Turkiston va Volgaboʻyi turkiy xalqlari tarixi, turmush tarzi va madaniyati ustida ilmiy tadqiqot lar olib bordi. Turkistonda Behbudiy, Munavvarqori, Choʻlpon, Mustafo Choʻqay, Nazir Toʻra-qulov va b. arboblar bilan tanishdi. Sankt-Peterburgda davlat dumasi musulmon fraksiyasi aʼzosi (1915). 1917-yil aprelda Toshkentga kelib, oʻlkadagi siyosiy jarayonlarda qatnashdi. ButunTurkiston musulmonlari 1-qurultoyida (1917-yil 16—23-aprel) tuzilgan Turkiston oʻlkasi musulmon shoʻrosi bosh kotibi, uning organi „Kengash“ gaz. muharriri. Oʻlka xalqlari muxtoriyat harakatida faol ishtirok etib, turkiy el-elatlarning birligi va mustaqilligi gʻoyasini izchil himoya qildi. Toshkent sh.dumasining deputati (1917). 1917-yil oxiridan Boshqirdiston muxtoriyati va milliy harakati rahbarlaridan biri, hukumat boshligʻi va harbiy noziri. Muxtoriyat huquqi cheklab qoʻyilgach, shoʻrolar hukumati bilan hamkorlik qilishdan voz kechdi. 1920-yil Buxoroga keldi va istiqlolchi guruxlarga siyosiy rahbarlik qiluvchi markaz tuzish maqsadida Buxoro hukumati boshligʻi Fayzulla Xoʻjayev va b. bilan muzokara yuritdi. Milliy birlik kongressida (1921-yil avg., Buxoro sh.) Oʻrta Osiyo milliy musulmon jamiyatlari federatsiyasi (keyinchalik „Turkiston milliy birligi“ deb atalgan) tashkil etilib, Validiy unga rais qilib saylandi, istiqlolchilik harakatining gʻoyaviy jipslashuvi uchun kurashdi, qizil askarlarga karshi janglarda qatnashdi. 1923-yil fevraldan – xorijda. Eron, Afgʻoniston, Hindiston, Turkiyada va Yevropa mamlakatlarida ilmiy faoliyat bilan shugʻullandi. Istanbul, Bonn, Gyottingen universitetlarida turkiy xalklar tarixidan dars berdi. Ilmiy asarlari turk, nemis, fransuz, rus va b. tillarga tarjima etilib, nashr qilindi. Bulardan muhimlari: „Turkiy xalqlar tarixiga kirish“, „Oʻrta Osiyo tarixining islom davri“, „Turkiston“, „Turkiylar shajarasi“, „Temurning gʻarbga yurishlari“, „Temur avlodlari“, „Bugungi turk eli Turkiston va yaqin tarixi“, „Sharqda shoʻrolar siyosati“, „Turkistonning istiqlol harakatiga qarshi“, „Beruniyning dunyoqarashi“, „Alisher Navoiy“, „Shayboniyxon sheʼriyati“, „Tarixda turklar va forslar“, „Xotiralar“ va b.

  • Vospominaniya, M., 1997; Boʻlingan-ni boʻri yer. Turkiston xalkdarining milliy mustaqillik uchun kurashi tarixidan [Xotiralar), T., 1997.
  • Monografiya doktorskoy dissertatsii Maxamadjona Abduraxmanova „Nauchnaya deyatelnost A. Z. Validova v Turkestane“, 2004g. g. Tashkent, Izdatelstvo „Fan“ Akademii nauk RUz., 238str., ISBN 5-648-03067-3, na russkom yazike.
  • Maxamadjon Abduraxmanov „A. Z. Validi: Poisk istokov istoriko-duxovnogo naslediya Turkestana“, 2000g. g. Tashkent, Izdatelstvo „Yangi asr avlodi“, 102str., ISBN 5-633-01212-7, na russkom yazike.
  • Axmad Zaki Validiy Tugon „Xotiralar. Turkistonda mustakillik va ozodlik kurashlar tarixi“ („Vospominaniya. Istoriya borbi za nezavisimost i svobodu v Turkestane“), 2014g., g. Tashkent, Izdatelstvo „Istiklol nuri“, 609str., ISBN 978-9943-4178-0-9, na uzbekskom yazike, perevodchik (s tureskogo yazika), nauchniy redaktor-sostavitel, podgotovitel teksta k izdaniyu – Muxammadjon Abduraxmonov.
  • Qahramon Rajabov
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  1. 1,0 1,1 (unspecified title)