Mustafo Choʻqay
Mustafo Choʻqay | |
---|---|
qozoqcha: Мұстафа Шоқайұлы | |
Turkiston Muxtoriyati Bosh vaziri | |
Mansab davri 1917-yil 12-dekabr – 1918-yil 19-fevral | |
Oʻtmishdoshi | Muhammadjon Tinishboyev |
Vorisi | Kichik Ergash |
Qo‘qon muxtoriyati tashqi aloqalar bo‘limi boshlig‘i | |
Mansab davri 1917-yil 12-dekabr – 1918-yil 19-fevral | |
Oʻtmishdoshi | tashkil etildi |
Vorisi | tashkil etildi |
Alash O'rda xalq kengashi a'zosi | |
Mansab davri 1917-yil 13-dekabr – 1920-yil 5-mart | |
Hukumat boshligʻi | Alixan Bukeyxanov |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
25-dekabr 1890-yil Aulie-tarangil, Turkiston general-gubernatorligi, Rossiya imperiyasi |
Vafoti |
27-dekabr 1941-yil (51 yoshda) Berlin, Germaniya |
Millati | Qozoq |
Siyosiy partiyasi | Alash |
Taʼlim | Sankt-Peterburg davlat universitetining yuridik fakulteti |
Dini | Islom |
Mustafo Shoʻqay (Choʻqayev) (1886, Oqmachit, Qozogʻiston — 1941.27.12, Berlin) — Turkiston mustaqilligi uchun kurashchi, Turkiston muxtoriyati hukumatining Bosh vaziri. Otasi Choʻqaybey Toʻrgʻay dodxoh oʻgʻli (1912-yilv.e.) boʻlis (volost) boshligʻi edi. Mustafo Choʻqay boshlangʻich maʼlumotni Oqmachitda olgach, Toshkentdagi rus gimnaziyasida oʻqidi (1902—10), Peterburg universitetining huquq fakultetini tugatdi (1917). Rossiya 4-Davlat dumasining musulmonlar fraksi-yasida Turkiston ishlari boʻyicha kotib boʻlib ishladi (1917-yil fevralgacha). Keyinchalik Muvaqqat hukumat Bosh vaziri A. F. Kerenskiy boshchiligidagi komissiya tarkibida Turkistonda boʻddi. 1917-yil aprelda Petrograddan Tosh-kentga qaytdi va siyosiy voqealar ichida boʻldi. Turkiston oʻlkasi musulmonlari Markaziy Shoʻrosi raisi, „Birlik tugʻi“ (qozoqcha) gaz.ning muharriri. Turkiston muxtoriyati hukumatining tashqi ishlar vaziri (1917—18), Bosh vazir (1918-yil yanvar dan). Muxtoriyat qizil askarlar tomonidan tugatilgach, M.Ch. Toshkentga kelib, bolsheviklardan yashirindi. Keyin Tiflisda musulmonlar uchun „Yangi dunyo“, „Shafaq“ gaz.larini chiqardi. 1919-yil fevralda u Yevropa davlatlariga maxsus memorandum bilan murojaat qilib, Turkistondagi istiqlolchilar kurashini qoʻllab-quvvatlashga, bolshevikcha rejimni agʻdarishgachaqirdi. Mustafo Choʻqay muhojirlikda yashab, turli xalqaro anjumanlarda ishtirok etdi, matbuotda maqolalari bilan qatnashib turdi. Jumladan, „Turkistondagi milliy kurash“ (Parij, 1923) maqolasida oʻlkaning mustaqillik yoʻlidagi vazi-falarini koʻrsatib berdi. „Turkistondagi bosmachilik harakati“ (London, 1928) asarida bu harakat milliy istiqlol kurashi ekanligini taʼkidladi.
„Oʻrta Osiyodagi Sovetlar“ (Parij, 1928) kitobida Turkistonda oʻrnatilgan sovet rejimining asl mohiyatini ochib tashladi. Mustafo Choʻqay 1929-yildan boshlab Turkiston Milliy Birligi Markaziy qoʻmitasining raisi boʻldi. Parij va Berlinda oʻzbek tilida „Yosh Turkiston“ jurnalinini chiqarib, unga muharrirlik qildi (1929—39). Parijda nemislar tomonidan qamoqqa olinib, Kompyen konslagerida tutqunlikda saqlandi. U yerda yuqumli kasallikka chalinib vafot etdi. Mustafo Choʻqay Berlindagi musulmonlar qabristoniga dafn etilgan (1942-yil 2-yanvar).
Choʻqay rus, oʻzbek, qozoq, turk, fransuz, ingliz, nemis, polyak tillarida Turkistonning 20-asr tarixiga oid koʻplab maqolalar, kitoblar yozdi. „1917-yil, xotira parchalari“ (Berlin, 1937; oʼzbek tilida) kitobi shuhrat qozondi. Bu asari turk (Anqara, 1988), rus (Germaniya, 1989; Tokio—Moskva, 2001), oʻzbek (Toshkent, 1992; 2022-yilda „Istiqlol jallodlari“ nomi bilan nashr etildi) tillarida alohida kitob boʻlib nashr qilindi. 2 jildli „Tanlangan asarlar“ kitobi (Olmaota, 1998— 99) qozoq va qisman rus tilida bosilib chikdi.
Yana q.
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Turkestan pod vlastyu Sovetov, Parij, 1935; Istiqlol jallodlari (1917-yil xotiralari), T., 1992.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Sharafiddinov O., Mustafo Choʻqay, Choʻlpon, Otajon Hoshim, T., 1993; Iz istorii Rossiyskoy emigratsii: pisma A. 3. Validova i M. Chokayeva (19241932 gg.), M., 1989; Oʻzbekistonning yangi tarixi, 2-kitob [Oʻzbekiston sovet mustamlakachiligi davrida], T., 2000; Rajabov K,., Haydarov M., Turkiston tarixi, T., 2002.
Qahramon Rajabov.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
- 25-dekabrda tugʻilganlar
- 1890-yilda tugʻilganlar
- Turkiston general-gubernatorligida tugʻilganlar
- 27-dekabrda vafot etganlar
- 1941-yilda vafot etganlar
- Berlinda vafot etganlar
- Oqmachit shahrida tugʻilganlar
- Turkiston muxtoriyati bosh vazirlari
- Qozogʻiston Bosh vazirlari
- Qiziloʻrda viloyati kishilari
- Qozogʻiston musulmonlari
- Panturkistlar
- Markaziy Osiyoshunos olimlar
- Qozogʻiston antikommunistlari
- Toshkent gimnaziyasi bitiruvchilari
- Turkiston Muxtoriyati Muvaqqat hukumati aʼzolari