Kontent qismiga oʻtish

Kichik Ergash

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kichik Ergash
Kichkina Ergash
Turkiston muxtoriyati vaziri
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1885-yil
Qoʻqon Bachqir qishlog’i
Vafoti 1918-yil

Kichik Ergash (Kichkina Ergash) (1885—1918) — taniqli qoʻrboshi. Turkiston muxtoriyati hukumati rahbarlaridan biri. Turkiston muxtoriyati uchun kurash olib borgan qoʻrboshi.

Tarjimayi holi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kichik Ergash 1885-yilda Qoʻqon yaqinidagi Bachqir qishlogʻida tavallud topgan. Uning boʻyi past boʻlganligi sababli „Kichik Ergash“ deb atashgan. U faoliyati davomida 1910—1917-yillarda Rossiya imperiyasiga qarshi bir guruh hamrohlari bilan birgalikda kurash olib borgan. U 1913—1915-yil bir necha marta qamoqqa olingan va surgun ham qilingan[1].

Turkiston muxtoriyati tashkil etilgach, Qoʻqon shahriga Kichik Ergash mirshab lavozimiga tayinlanadi va unga qoʻrboshi unvoni beriladi. U 1918-yil fevralda Turkiston muxtoriyatini amalda boshqaradi hamda harbiy kuchlariga qoʻmondonlik qiladi. Tarixchi olim Qahramon Rajabov soʻzlariga koʻra Kichik Ergash Bachqir qishlogʻida qizil gvardiyachilar va arman dashnoqlari bilan boʻlgan jangda oʻldirilgan. Tarixchi olim Qahramon Rajabov yozishicha, sovet hokimiyati yillarida eʼlon qilingan kitoblarda Kichkina Ergashga nisbattan „oʻgʻri va qaroqchi“ deb notoʻgʻri talqin qilingan. Masalan Qoʻqonlik sovet yozuvchisi va jurnalisti Husayn Shams oʻzining Huquq nomli tarixiy romanida „Kichkina Ergash Fevral inqilobida Qoʻqonning Oʻltarma qishlogʻidan bosh koʻtarib, oʻziga yigirma-oʻttiz yigit olib, Qoʻqon atrofini talab yurgan zoʻr oʻgʻri edi. Ergash qoʻrboshi Qoʻqonga kelib, „Shoʻroyi islom“ himoyasi ostida yigit toʻplab nom chiqargach, uni ham taklif qilgan boʻlsada u aralashmadi. Urushning uchinchi kuni boʻlsak, u Qoʻqonga dabdaba bilan kirib kelgan“ deb notoʻgʻri talqin qilingan[1]. Kichkina Ergash vafot etgach, Katta Ergash uning oʻrniga Fargʻona vodiysida sovet rejimiga qarshi kurash olib boradi. Ushbu harakatning markazi Bachqir boʻlgan Qoʻqon uyezdi hisoblangan[2].

  1. 1,0 1,1 Rajabov Q. Turkiston muxtoriyati vazirlari hamda milliy majlis a’zolari hayoti va taqdiri. Toshkent: Bodomzor invest, 2021 — 92-bet. 
  2. Abdullayev R. Raximov M, Rajabov Q va boshqalar. O’zbekiston tarixi (1917—1991) birinchi kitob. Toshkent: O’zbekiston, 2019 — 560-bet.