Joʻra Amin
Joʻra Amin | |
---|---|
Tavalludi |
1889 |
Vafoti |
1926 Peshkoʻ, Oʻzbekiston SSR |
Fuqaroligi | Buxoro amirligi |
Kasbi | Qoʻrboshi |
Faoliyat yillari | 1920—1926 |
Joʻra Amin (1889, Jondor, Buxoro amirligi – 1926, Peshkoʻ, Oʻzbekiston SSR) — Buxoroda faoliyat koʻrsatgan qoʻrboshilardan biri. U, shuningek, Mulla Abdulqahhorning oʻrinbosari boʻlgan[1].
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Joʻra Amin qoʻrboshi 1889-yili Jondor tumanidagi Joʻyzor qishlogʻida tugʻilgan[2]. Joʻra Aminning guruhi Gʻarbiy Buxoro hududlarida, asosan, Buxoro shahri atroflarida, Jondor va Qorakoʻl tumanida bolsheviklarga qarshi kurash olib boradi.1922-yil dekabr oyining oxirigacha Jondor hududini bolsheviklarning harbiy kuchlaridan himoya qilgan[3].
Jondor va Qorakoʻl tumanlarida Joʻra Amin qoʻrboshi oʻz guruhi bilan bolsheviklarning 13-oʻqchi korpus jangchilariga qarshi janglar olib borishdi. 13-korpus qoʻmondoni Pavlov oʻz shtabini Jondor markazidagi binoga joylashtirdi. „Bir qancha janglar natijasida Pavlov Joʻra Amin boshchiligidagi yigitlarni yenga olishga koʻzi yetmagach, eng qabihona yoʻlni tanlaydi. Joʻra Aminning turmush oʻrtogʻini Ergash ismli chaqalogʻi bilan Gʻoziyon madrasasida tashkil etilgan qamoqxonaga tashlab, ularni bir yarim yil davomida shu yerda saqlaydi“[4][5]. Ammo shunga qaramay, Joʻra Amin taslim boʻlmaydi va qizil askarlarga qarshi kurashni davom ettiradi. Jondorlik Joʻra Amin qoʻrboshi bolsheviklarga kelib taslim boʻlmagach, qizil askarlar tomonidan garovda ushlab turilgan Joʻra Aminning oila aʼzolari otib tashlanadi[6]. Joʻra Amin esa qizil askarlarga qarshi istiqlolchilik kurashini toʻxtatmaydi.
Vafoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]1923-yil fevralda Joʻra Aminning 120 nafar yigitdan iborat guruhi Buxoro shahrining shimoli-gʻarbidagi Jondor–Yakkatutda bolsheviklarga qarshi kurash olib borgan. 1923-yil noyabr oyida Buxoro viloyatidagi Joʻra Amin, Aʼzam Xoʻja, Tosh Murdashoʻy, Bozorbek, Ravshan Davlat kabi qoʻrboshilar oʻz harakatlarini faollashtirdilar[7][8]. Joʻra Amin bir necha yillar davomida bolsheviklarga qarshi kurashni davom ettiradi.
1926-yil may oyida hozirgi Peshkoʻ tumanidagi Xoja Ubbon ziyoratgohida qizil askarlar bilan boʻlgan jangda Joʻra Amin qoʻrboshi oʻldirilgan[9][10].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Tarixning nomaʼlum sahifalari: hujjat va materiallar. 1-jild. Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi. 2009. 128-bet.
- ↑ Rajabov Q. Buxoroda qizil armiya bosqini va unga qarshi kurash: tarix haqiqati (1920—1924-yillar). Toshkent: „Maʼnaviyat“, 2002. 121-bet.
- ↑ Tarixning nomaʼlum sahifalari: hujjat va materiallar. 1-jild. Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi. 2009. 128-bet.
- ↑ Qilichev R. „Otam bosmachi emasdi…“. Buxoro haqiqati, 1993-yil 15-fevral
- ↑ Rajabov Q. Buxoroda qizil armiya bosqini va unga qarshi kurash: tarix haqiqati (1920—1924-yillar). Toshkent: „Maʼnaviyat“, 2002. 121-bet.
- ↑ Rajabov Q. Buxoroda qizil armiya bosqini va unga qarshi kurash: tarix haqiqati (1920—1924-yillar). Toshkent: „Maʼnaviyat“, 2002. 121-bet.
- ↑ Buxoro VDA, 777-fond, 2-roʻyxat, 34-ish, 1-varoqning orqasi – 2-varoq.
- ↑ Rajabov Q. Buxoroda qizil armiya bosqini va unga qarshi kurash: tarix haqiqati (1920—1924-yillar). Toshkent: „Maʼnaviyat“, 2002. 122-bet.