Oʻtanbek
Oʻtanbek | |
---|---|
Oʻtanbek | |
Buxorodagi mashhur qoʻrboshi | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1904-yil Sharqiy Buxorodagi Qabodiyon bekligi |
Vafoti |
1935-yil Afgʻoniston |
Oʻtanbek — (1904—1935) — Sharqiy Buxoro va Surxon vohasida qizil armiyaga qarshi kurashgan qoʻrboshilardan biri[1].
Qoʻrboshilik faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻtanbek qoʻrboshi 1904-yilda Sharqiy Buxorodagi Qabodiyon bekligida tavallud topgan. Kelib chiqishi qoʻngʻirotlarning qoʻldovli urugʻidan boʻlgan. U yosh boʻlishiga qaramasdan dovyurak va jasur boʻlib, 500 kishilik yigitga rahbarlik qilgan. Shahrituz, Qabodiyon, Jilikoʻl atroflari va Surxon vohasida qizil armiyaga qarshi kurashlar olib borgan. Oʻtanbekning harbiy qarorgohi Jarqoʻrgʻon va Shahrituz oraligʻida Amudaryoga yaqin boʻlib, ayni paytda mazkur hudud Oʻtanjarsoy deb nomlanadi. Oʻtanbek Xurrambekdan soʻng Surxondaryo qoʻrboshilarining yetakchisiga aylanadi. U Afgʻoniston hududuga Ibrohimbekdan biroz soʻng oʻtadi. U Afgʻonistonda harbiy amaliyotlar paytida ham Ibrohimbek yonida boʻlgan. 1924—1927-yillardagi maʼlumotlarga koʻra Oʻtanbek qoʻrboshi faoliyatiga katta oʻrin ajratilganligi bu davrda Ibrohimbekdan soʻng Sharqiy Buxoroda u asosiy rolni oʻynagan. 1931-yilda Oʻtanbek Ibrohimbek bilan birgalida Afgʻonistondan oʻz hududiga oʻta olmagan. Mazkur davrda Oʻtanbek guruhi tarkibida Mulla Jaylov, Mulla Xoldor, Polvonxoʻja, Mulla Joʻra va Boysara kabi qoʻrboshilar mavjud boʻlgan. Avgʻonistondagi Nodirshoh hokimiyati Oʻtanbek qoʻrboshi oilasini qoʻlga oladi va qamoqqa tashlaydi. 1931-yil yozi va kuzida Oʻtanbek va Arzuqulbekning harbiy guruhlari Gulshanquduq va Aybek, Qunduz atroflarida afgʻon armiyaga qarshi kurashlar olib boradi. Oʻtanbek 1931-yil 27-oktabrda afgʻonlar tomonida boʻlgan turkmanlar guruhlariga qarshi janglar olib boradi. Qahramon Rajabov soʻzlariga koʻra Oʻtanbek Afgʻonistonda notinch yashaydi va 1935-yilda oʻldiriladi. U faoliyati davomida sovet rejimiga qarshi kurash olib bordi[2].