Xurrambek

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Xurrambek
Xurrambek
Surxon vohasidagi mashhur qoʻrboshi

Xurrambek — Surxon vohasida qizil armiyaga qarshi kurashgan qoʻrboshilardan biri[1].

Tarjimayi holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xurrambekning kelib chiqishi oʻzbeklarning qoʻngʻirot elatidan, qoʻngʻirotlarning xushtamgʻali urugʻidan boʻlgan. Qahramon Rajabov baʼzi adabiyotlarga tayanib, uni qoʻngʻirotlarning tortuvli urugʻining kallar boʻgʻiniga mansub, deb yozgan. Xurrambek Buxoro madrasalarida taʼlim olgan. U Surxon vohasidagi qoʻrboshilarning eng yovquri va tadbirkori boʻlgan.

Qoʻrboshilik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xurrambekka boʻysunovchi qoʻrboshilar orasida qoʻngʻirotlardan Mahmudbek Qachay, Rahimberdibek, Mahmudbek Qachay, Mustafoqul, doʻrmonlardan Nurmuhamamad Toʻqsabo, Toshmatbek, Nurmuhammad Toʻqsabo, turkman juzlaridan Husanbek Dodxoh, Dehqonboy Toʻqsabo, Hayit Toʻqsabo, Qoʻybagʻarbek Toʻqsabo kabi harbiy sarkardalar boʻlgan. Xurrambek 1925-yil Surxondaryo qoʻrboshilarining Amudaryodagi Paygʻambarorolda navbatdagi qurultoyini oʻtkazadi. Mazkur qurultoyda Ibrohimbek ham ishtirok etgan. Ibrohimbek Xurrambekning Surxon vohasi qoʻrboshilarining yetakchisi ekanligini eʼtirof etadi va quroltoyni tark etadi. Shundan soʻng Xurrambek Bobotogʻda faoliyat koʻrsatayotgan qoʻrboshilarni birlashtiradi. Xurrambek 1926-yil oʻzining 19 ta otliq safdoshi bilan Afgʻoniston hududiga oʻtib ketadi. Xurrambekning Afgʻonistondagi tadqiri toʻgʻrisida maʼlumotlar saqlanmagan. 1926—1930-yillarda Xurrambek Ibrohimbek bilan bir necha marotaba uchrashadi. Ular oʻrtasida munosabatlar ancha ziddiyatli boʻlgan. Xurrambek tiriklik chogʻida G. B. Adreyev „Xurrambek“ nomli roman yozgan va 1935-yilda rus tilida Toshkentda chop etilgan. „Xurrambek“ nomli romanda muallif Surxon vohasidagi harakat jarayoni va inqirozi koʻrsatgan. Sovet hukumati tomonidan koʻrilgan chora-tadbirlarga qaramasdan qoʻrboshilar oʻz kurashlarini davom ettirdilar. U faoliyati davomida sovet rejimiga qarshi kurash olib bordi[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Rajabov Q. Turkiston qoʻrboshilari “Oʻzbekiston tarixi” jurnali. — 2022.
  2. Rajabov Q. Turkiston qoʻrboshilari. Toshkent: „Fan“, 2022 — 400 bet.