Xo‘ja Ubbon maqbarasi
Xoʻja Ubbon maqbarasi | |
---|---|
Muqobil nomlari |
Xoʻja Ubbon maqbarasi |
Umumiy maʼlumot | |
Maqomi | Tarixiy obida |
Turi | ziyoratgoh |
Shahar | Buxoro |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Qurilishi boshlangan | XVI asr |
Texnik holati | |
Material | pishgan gʻisht, yogʻoch, ganch |
Xoʻja Ubbon maqbarasi – Buxoro viloyati, Romitan tumanidagi meʼmoriy yodgorlik. XVI asrda bunyod etilgan. Yodgorlik Buxoro shahridan 50 km uzoqlikda boʻlib, ziyoratgoh sifatida mashhur. Xoʻja Ubbon toʻgʻrisida akademik Abdulahad Muhammadjonov oʻzining „Quyi Zarafshon sugʻorilish tarixi“ asarida maʼlumotlar keltirgan. Xoʻja Ubbon yodgorligida milod boshlarida qoʻrgʻon istehkomlari va quduq boʻlgan[1]. Xoʻja Ubbon qudugʻi suvi shoʻr va achchiq boʻlib, teri kasalliklariga davo boʻlgan. Koʻplab insonlar ziyoratgohga kelib, ixlos qilib shu joyda vaqtinchalik yashagan va suvdan ichgan va choʻmilgan[1]. XIV–XV asrlardan Xoʻja Ubbon ziyoratgoh sifatida shakllangan. Vaqtlar oʻtib, yodgorliklar atrofida sagʻana qurilgan va tugʻ koʻtarilgan. Arxeologlar izlanishlariga koʻra ushbu hududda miloddan avval 3-4 mingyillikda ovchilar qarorgohi boʻlgani, insonlar chorvachilik bilan shugʻullanib chorva mollari boqilganligini bilish mumkin[2].
Xoʻja Ubbon „suv homiysi“ va „suv qoʻriqchisi“ maʼnosi bildiradi. Rivoyat va afsonalarga koʻra, Xoʻja Ubbon Amudaryo kema va qayiqchilarining suv vakili va piri, yomgʻir yogʻdiradigan avliyo boʻlgan. Shu sababli Buxoroda joylashgan suvsiz joylar va baʼzi qishloqlar Oqshih bobo, Sulton Xubbi, Ubbon, Hazrat Xubbin kabi atamalar bilan atalgan[3]. Xoʻja Ubbon qadamjosi bir nechta obidalardan iborat majmua boʻlgan. Ziyoratgoh qudugʻi chortoq uslubida pishiq gʻishtdan, yonida xonaqoh va tugʻlar mavjud. 1964-yilda Xoja Ubbon ziyoratgohidagi quduq va meʼmoriy obida buzib yuborilgan. Ammo koʻp vaqt oʻtmay, u yerda yangi quduq ochilib, yangi binolar qurilgan, sagʻanalar taʼmirlangan[3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 Бухоро тарихий обидалари географияси 2020, s. 69.
- ↑ Бухоро тарихий обидалари географияси 2020, s. 70.
- ↑ 3,0 3,1 Ражабов 2015, s. 47.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ilmiy adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Ражабов Қ., Мухамаджонова Л. Ромитан тумани тарихи. Тошкент: „Tafakkur“ нашриёти, 2015 — 64-bet.
- Баҳромов Қ, Шодиева Н. Бухоро тарихий обидалари географияси. Бухоро: Дурдона нашриёти, 2020 — 129-bet.