Kontent qismiga oʻtish

Muqaddas joylar

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Ziyoratgohdan yoʻnaltirildi)

Muqaddas joylar dindorlar muqaddas deb hisoblaydigan va sigʻinadigan joylar. Bular paygʻambar, shayx, eshon, avliyolar nomi bilan bogʻliq hisoblangan va ziyoratgohga aylanib ketgan shahar, maqbara, chashma, daraxt, tepalik, gor va boshqadir. Muqaddas joylar turli dinlarga eʼtiqod qiluvchi hamma xalqlarda, koʻpgina shahar va mamlakatlarda bor. Bunga Imom Buxoriy (Samarqand viloyati), Bahouddin Naqshband (Buxoro shahri), Zangi ota (Toshkent viloyati), Ahmad Yassaviy (Turkiston shahri) dafn etilgan joylar va boshqalarni misol qilib koʻrsatish mumkin. Islomda Makka va Madina, shialarda, shuningdek, Karbalo va Najaf shaharlari umumiy Muqaddas joylar hisoblanadi va ziyorat qilinadi. Hindlar uchun Gang daryosi, yahudiylar, xristianlar uchun Quddus shahri muqaddas sanaladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil