Karbalo
Karbalo — Iroqdagi shahar. Karbalo muhofazasining maʼmuriy markazi. Furot daryosi vodiysida, Bagʻdod shahridan 85 km janubiy-gʻarbda. Aholisi 200 ming kishidan ziyod (1990-yillar oʻrtalari).
Saudiya Arabistoni (Makka, Madina va boshqa shaharlar)ga boriladigan avtomobil yoʻllari ustidagi yirik savdo (xurmo, gʻalla) va transport punkti. Temir yoʻl stansiyasi. Gʻisht zavodi, meva konserva zavodi va boshqa korxonalar bor. Hunarmandchilik rivojlangan.Ali ibn Abu Tolibning oʻgʻli Husayn ibn Ali shahar yaqinida 680 yildagi hokimiyat uchun boʻlgan jangda halok boʻlgan, Karbaloda dafn qilingan va keyinchalik masjid-maqbara qurilib, shialik mazhabidagi musulmonlarning ziyoratgohiga aylangan. Har yili muharram oyida Karbaloda motam marosimi oʻtkaziladi. Diniy marosim buyumlari bilan savdo qilinadi. Karbaloda Ozarbayjon mumtoz shoiri Fuzuliy tugʻilgan. Shahar 7-asrda bunyod etilgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |