Kontent qismiga oʻtish

Husayn ibn Ali

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Husayn ibn Ali (626-yil – 680-yil) – Ali ibn Abu Tolibning (Fotimadan tugʻilgan) kichik oʻgʻli, Muhammad paygʻambarning nabirasi, uchinchi shia imomi[1].

669-yilda Hasan vafot etgandan keyin Ali tarafdorlari uni oʻz rahbari deb eʼlon qilgan. 680-yil xalifa Muoviya oʻlgandan keyin Iroqda umaviylarga qarshi harakat faollashgan. Husayn Yazidga bayʼat qilishdan bosh tortgan. Kufa shialari Husaynni oʻzlarining imomi deb tan olib, Kufaga taklif etgan va xalifa Yazidga qarshi qoʻzgʻolonga bosh boʻlishni soʻragan. Husayn Makkadan Kufaga joʻnaydi. 70 jangchisi bilan Kufaga yaqin Karbalo dashtiga yetib kelganida 4 ming kishilik xalifa Yazid qoʻshinlari unga qarshi chiqqan. 680-yil 10-oktyabr kuni Husayn jangda shahid boʻlgan, jasadi oʻsha yerga dafn etilgan. Shu munosabat bilan Karbalo shialarning asosiy muqaddas ziyoratgohiga aylangan. Husayn halok boʻlgan sana shialarda motam kuni sifatida nishonlanadi (qarang Ashuro).

  1. Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006 — 124-bet.