Kontent qismiga oʻtish

Toqi Telpakfurushon

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Toqi telpakfurushondan yoʻnaltirildi)
Toqi Telpakfurushon
Muqobil nomlari Choharsuyi Oxanin
Toqi Kitobfurushon
Toqi Xoja Muhammad Parron
Toqi Allofi
Toqi Ordfurushon
Umumiy maʼlumot
Maqomi Tarixiy obida
Turi toq
Shahar Buxoro
Mamlakat Oʻzbekiston
Qurilishi boshlangan 1571-yil
Texnik holati
Material pishgan gʻisht, yogʻoch, ganch
Qavatlar soni 1
Map
Toqi Telpakfurushon xaritada
Toqi Telpakfurushon Vikiomborda

Toqi Telpakfurushon (forscha telpakfurushlar toqi) — Buxorodagi meʼmoriy yodgorlik va bosh kiyimlari sotish va tayyorlash uchun qurilgan savdo markazlaridan biri boʻlgan. Mazkur meʼmoriy yodgorlik Shayboniy hukmdor Abdullaxon II  davrida 1571-yilda bunyod etilgan[1]. Hozirgi kunda Oʻzbekiston moddiy va madaniy meʼrosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan.

Toki Tepakfurushon XVI asrda Buxoro xonligini idora qilgan Shayboniy hukmdor Abdullaxon II davrida bunyod etilgan va chorrahaga yaqin qurilgan. Oʻrta asrlarda bu yerda esa bu yerda tulki va qunduz telpaklar, misqoli salla, ajoyib tumoqlar sotilgan[2]. Toqi Teplakfurushon turli davrlarda turlicha nomlanib kelingan. Toki Tepakfurushon gumbazi saqlanib qolinganligi va kattaligi jihatida ikkinchi oʻrinda turadi. Masalan Choharsuyi Oxanin, Toqi Kitobfurushon va Toqi Xoja Muhammad Parron kabi nomlar bilan mashhur boʻlgan. Keyinchalik Toqi Allofi va Toqi Ordfurushon kabi nomlar bilan ham atalgan. Oʻrta asrlarda toqda kitob sotuvchi muqavasoz ustalarning doʻkonlari ham boʻlgan[3]. Ushbu toq boshqa toqilardan kattaligi bilan ajralib turadi. Toki Tepakfurushon yaqinida hozirgi kunda temirchilik ustaxonasi va hammom mavjud. Hozirgi kunda Toqi Telpakfurushonda savdo rastalari va hunarmadlar ustaxonalari mavjud. Mustaqillik yillarida Toqi Telpakfurushon qayta taʼmirlandi.

Meʼmorchiligi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Toqi Tepakfurushon pishiq gʻisht, yogʻoch, tosh va ganchdan bunyod etilgan. Bino ustasi yelpigʻich shaklidagi beshta koʻchani ajoyib burilishlar qilib muntazam oltiyoqli shakldagi xonada birlashtirgan. Mazkur toqdagi xonaning tomi ulkan gumbaz bilan qoplangan. Toki Tepakfurushon gumbazning darchalari mavjud. Ushbu toq olti burchak shaklida boʻlib, markaziy gumbazda darchalari eshiklari bor. Toqi Telpakfurushonda iroqi, zardoʻppi, va boshka xil turli doʻppilar doʻkonlarining vitrinalarini hozir kunda ham bezab turadi[2]. Vaqf hujjatlariga koʻra, turli tomonlardan kelib tutashgan 5 koʻchaning kesishgan joyida qurilgan (15701571). Bosh gumbazi 6 qirrali devor ustiga oʻrnatilgan, atrofi — koʻcha, koʻchalardan kirish qismlari esa kichik gumbazchalar bilan yopilgan. Gumbaz diametri 38 metr, zal shifti 10 metr, savdo koʻchasining saqlanib qolgan maydoni 28 metr, koʻcha kengligi 14 metr. Oʻtmishda gumbaz ostida bosh kiyim va kitob sotuvchi muqovasoz ustalarning doʻkonlari boʻlgan.

  1. Ражабов 2016, s. 172.
  2. 2,0 2,1 Пугаченкова 1979, s. 5.
  3. Бухоро шарқ дурдонаси 1997, s. 104.

Ilmiy adabiyotlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Ражабов Қ, Иноятов С.. Бухоро тарихи. Tошкент: Тафаккур нашриёти, 2016 — 460-bet. ISBN 978-9943-24-119-0. 
  • Пугаченкова Г. Тим ва тоқлар. (инглиз, рус, ўзбек тилларида). Тошкент: Ўзбекистон нашриёти, 1979 — 14-bet. 
  • Азизхўжаев А Масъул муҳаррир. Бухоро шарқ дурдонаси. Tошкент: Шарқ нашриёти, 1997 — 232-bet.