Boloi Hovuz masjidi
Boloi Hovuz masjidi | |
---|---|
Joylashuvi | Buxoro, Oʻzbekiston |
Koordinatalar | 39°46′40″N 64°24′27″E / 39.777766970489715°N 64.4074515810072°E |
Konfessiya | islom |
Asoschi | Sitorai Mohi xossa |
Asosiy sanalar |
1712 (qurilishi) 1917 (taʼmirlanishi) |
Qurilish boshlanishi | 1712-yil |
Yodgorliklar | Masjid, minora va hovuzdan tashkil topgan majmua |
Qurilish materiali | pishgan gʻisht, yogʻoch |
Boloi Hovuz masjidi Vikiomborda |
Boloi Hovuz masjidi — Buxorodagi meʼmoriy yodgorlik[1] .
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Boloi Hovuz masjidining katta gumbazli masjidi va bir kayvonli ayvoni oʻzbek hukmdori Abulfayzxonning onasi — Sitorai Mohi xossaning donatorligida 1712-yilda, hovli va hujralari esa XIX asrda qurilgan. M. Y. Saidjonovga koʻra, 1915—1917-yillarda masjid ayvoni 3 kayvonli qilib qayta taʼmirdan chiqarilgan. Masjid minorasi saqlanib qolmagan, u 1917-yilda Usta Shirin Murodov va usta Hafizovlar tomonidan boshqa xil koʻrinishda bunyod etilgan. Masjidda juma namozi oʻqilgan.
Meʼmorchiligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tomonlari 11,5 m li murabba tarhli bino. Boloi Hovuz masjidi qalqonsimon va murakkab boʻrtma naqshlar bilan bezatilgan. Mehrobiga nafis naqshlar ishlangan. Ganch shuvoqli peshtoq masjidning sharq tomonida boʻlib, boʻgʻot osti ganch naqshlar bilan bezatilgan. Peshtoqning yon tomonlariga ikki qavatli baland tokchali hujralar qurilgan.
Masjidning 20 ta baland va ingichka yogʻoch ustunli ayvoni bor. Ayvonning yon devorlaridagi tokchalari nakshlar bilan bezatilgan. Masjidning ayvoni va qandil osilgan shipi ayniqsa serhasham. Registon maydoni tomonidan Bolohovuz masjidiga qaralsa peshayvoni, maydon yonboshidagi kichkina minorasi va oʻrtasidagi hovuz kishida ajoyib taassurot qoldiradi. Hovuz qirgʻoqlari yirik toshlar bilan zinapoyali qilib mustahkamlangan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Ouzbékistan, guide Le Petit Futé, 2012, p. 169