Kontent qismiga oʻtish

Toshkent planetariysi

Koordinatalari: 41°19′35″N 69°14′32″E / 41.32639°N 69.24222°E / 41.32639; 69.24222
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Toshkent planetariysi 
Asos solingan sana 7 noyabr 2003-yil
Joylashuvi Oʻzbekiston, Toshkent

41°19′35″N 69°14′32″E / 41.32639°N 69.24222°E / 41.32639; 69.24222


Toshkent planetariysi – Toshkent shahridagi planetariy. 2003-yilda qurilgan.

Toshkent shahar planetariysi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-noyabrdagi 649-f-sonli farmoyishi hamda Toshkent shahar hokimining 2003-yil 7-noyabrdagi 748-sonli qaroriga asosan tashkil etilgan. Planetariy binosi Toshkent shahar hokimligi tomonidan qurib berilgan boʻlib, mustaqillikning 12 yilligi munosabati bilan foydalanishga topshirilgan. Dastlab planetariyga Yaponiya hukumati tomonidan begʻaraz yordam sifatida taqdim etilgan „Konica Minolta“ firmasining „Planetarium MC-6“ uskunasi oʻrnatilgan. 2009-yilda koʻrgazma zali ochilgan[1]. 2014-yil Planetariy oʻz logotipiga ega boʻldi. Tashqi qismiga quyosh tizimi tasviri va Mirzo Ulugʻbekning tasviri tushirilgan bannerlar oʻrnatildi. Tashrif buyuruvchilar yanada koʻproq maʼlumotga ega boʻlishlari uchun Planetariyning holl qismidagi devoriga rassomlar tomonidan yulduz turkumlari, sayyoralar va buyuk allomalarning tasvirlari tushirildi. Planetariyga tashrif buyuruvchilarga bir qator qulayliklar yaratildi.