Kontent qismiga oʻtish

Qanqa

Koordinatalari: 40°48′23.51″N 68°59′7.51″E / 40.8065306°N 68.9854194°E / 40.8065306; 68.9854194
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qanqa
Joylashuv Oqqoʻrgʻon tumani, Toshkent viloyati, Oʻzbekiston
Xarita
Koordinatalari 40°48′23.51″N 68°59′7.51″E / 40.8065306°N 68.9854194°E / 40.8065306; 68.9854194
Qanqa shahri xarobasi Toshkent viloyati xaritasida

Qanqa (Xarashkat, Kanka, Qanqatepa) – miloddan avvalgi III – milodiy XIII asrlarga oid shahar xarobasi. Oʻzbekistonning Toshkent viloyati, Oqqoʻrgʻon tumani hududida joylashgan. Toshkent shahridan 70 km janubi-gʻarbda, Eltamgʻali posyolkasining janubi-sharqiy chegarasida, Qorasuv irmogʻining (Ohangaron daryosining eski oʻzani) chap qirgʻogʻida joylashgan. Eng yaqin aholi punkti – Qoʻriq qishlogʻi (sobiq „Leninizm“ kolxozi).

Qanqa arxeologik yodgorligi Toshkent vohasida joylashgan eng qadimiy shahar markazlaridan biridir. Qanqa qoʻrgʻoni Toshkent vohasining ilk poytaxti, antik davr va oʻrta asrlarda Movarounnahrning eng katta shahar markazlaridan biri boʻlgan. Shahar miloddan avvalgi III asrdan to milodiy XIII asrgacha mavjud boʻlgan[1].

Tarixchilar orasida Qanqa nomi bahslidir. 1930-yil Mixail Masson Qanqa nomining Avestoda eslab oʻtilgan Kangxo („yuqori va muqaddas“) bilan bogʻliqligini taxmin qilgan. Lekin keyinchalik Qanqa nomi „Shohnoma“dan kelib chiqqan, degan xulosaga kelgan. Xalq orasida shahar nomining shoh Qanqa (yoki Anqa) bilan bogʻliqligi haqida afsonalar yurishi haqida maʼlumotlar bergan[2].

Xalq orasida yuradigan boshqa versiyaga koʻra Qanqa toponimi „qon“ soʻzi bilan bogʻliq boʻlib, „qonli“, „qurbongoh“ maʼnolarini anglatadi[3].

Keyingi davr tadqiqotchilari shaharning nomini Kangyuy davlatiga oidligini taʼkidlashadi. Qangʻ davlati tarkibida boʻlgan Shoshning birinchi poytaxti shu yerda boʻlgani taxmin qilinadi[4][5][6][7].

Xitoy manbalarida Yuni va Xarashkat nomlari bilan tilga olinadi.

Ayrim arxeologlar Qanqani Skif Antioxiyasi shahri xarobasi deb hisoblashadi. Bu shaharga miloddan avvalgi III asrda Yaksart daryosining (hozirgi Sirdaryo) oʻng qirgʻogʻida yunon qoʻmondoni Demodam tomonidan asos solingan va shoh Antiox sharafiga nomlangan.

Oʻrta asrlarda shahar Xarashkat deb nomlanadi[6]. Oʻrta asr tarixchisi Ibn Havqalning yozishicha, Xarashkat kattaligi boʻyicha Shosh hududidagi Binkatdan keyingi ikkinchi oʻrindagi shahar hisoblangan[8].

Yodgorlikka yetkazilgan zarar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2023-yilning sentyabr oyi boshida yodgorlik joylashgan yerni sunʼiy yoʻldosh orqali kuzatib, soʻng tashrif buyurgan 20 nafar xalqaro mutaxassis Qanqa yodgorligining aholi tomonidan egallab olinib, unga jiddiy zarar yetkazilganiga guvoh boʻlishgan. Bungacha yodgorlikning Unesconing umumjahon merosi roʻyxatiga kiritilishi kutilayotgan edi[9].

  1. Rassilka Akademii nauk Uzbekistana, dekabr, 2013 god.
  2. Masson M. Ye. Zagadochnoe gorodiщe Kanka. Iz rezultatov rabot 29 otryada TPE. // SONAT, Tashkent, 1934, № 4. S. 115; Masson M. Ye. Axangeran. Arxeologo-topograficheskiy ocherk. Tashkent, 1953. S. 106-110]
  3. [Bogomolova K. A. Sledi drevnego kulta vodi u tadjikov. // IOON Tadj. SSR. 1952, vip. 2. S. 59]
  4. „UNESCO, Kanka“. 2020-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 16-oktyabr.
  5. [Filanovich M. I. Tashkent. Zarojdenie i razvitie goroda i gorodskoy kulturi. T., 1983. S. 26; Shaniyazov Sh. K. Ob istoricheskoy toponimike Tashkenta. // ONU, № 7, 1983. S. 36-37]
  6. 6,0 6,1 „ГОРОД СВЯЩЕННОГО ФАРНА, ДРЕВНЕЙШАЯ СТОЛИЦА ТАШКЕНТСКОГО ГОСУДАРСТВА“. 2009-yil 29-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 19-yanvar.
  7. „Письма о Ташкенте :: Город благородного камня“. 2019-yil 16-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 16-oktyabr.
  8. „АБУ-Л-КАСЫМ ИБН ХАУКАЛЬ «КНИГА ПУТЕЙ И СТРАН»“. 2010-yil 31-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 3-sentyabr.
  9. „Тошкент вилоятида ЮНЕСКО рўйхатига олинган 2 минг йиллик ёдгорлик йўқ қилиняпти.“. 2023-yil 29-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 3-sentyabr.
  • Masson M.Ye., Axengeran: Arxeologotopograficheskiy ocherk, T., 1953;
  • Abdullayev K. A., Izistorii gorodisha Kanka (1969—1972), Istoriya materialnoy kulturn Uzbekistana, Vsh. 12, T., 1975;
  • Buryakov Yu. F., Qosimov M. R., Rostovsev O. M., Toshkent oblastining arxeologik yodgorliklari, T., 1975.