Kontent qismiga oʻtish

Oʻzbekiston Аlоqа tаriхi muzеyi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Oʻzbekiston „Aloqa tarixi muzeyi“ 2008-yil 19-maydagi „Aloqa va axborotlashtirish sohasi tarixi va merosi“ jamoat fondi Taʼsischilari umumiy yigʻilishining 2-sonli bayonnomasi 5-qarori bilan „Aloqa va axborotlashtirish sohasi tarixi va merosi jamoat fondi muzeylar direktsiyasi“ unitar korxonasi tashkil etilgan. 2013-yil 5-iyulda 18/13-525-son bilan „Aloqa tarixi muzeyi“ sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida qayta roʻyxatga olingan. „Aloqa tarixi muzeyi“ 2008-yilda asos solingan boʻlib, Oʻzbekistonning eng yaxshi ilmiy texnikaviy muzeylaridan hisoblanadi. „Aloqa tarixi muzeyi“ 2009-yil 24-oktyabrda rasman ochilgan. Muzey tematik jihatdan aloqa sohasi turlarining, jumladan, pochta, telegraf, telefon, radioaloqa, radioeshittirish, televidenie, kosmik aloqa, zamonaviy aloqa texnologiyalarining rivojlanish tarixiga bagʻishlangan. Muzey Oʻzbekiston pochtasi markalarining saqlovchisi hisoblanadi.
Manzili: Toshkent shahar, Shayxontahur tumani, Navoiy koʻchasi, 28A-uy.
Direktori Toʻhtayev Oʻroq Gʻaniyevich.
Sayt www.aloqamuzeyi.uz

Qisqacha tarixi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2008-yil 19-maydagi „Aloqa va axborotlashtirish sohasi tarixi va merosi“ jamoat fondi (Wayback Machine saytida 21-oktabr 2021-yil sanasida arxivlangan) Taʼsischilari umumiy yigʻilishining 2-sonli bayonnomasi 5-qarori bilan „Aloqa va axborotlashtirish sohasi tarixi va merosi jamoat fondi muzeylar direktsiyasi“ unitar korxonasi tashkil etilgan. 2013-yil 5-iyulda 18/13-525-son bilan „Aloqa tarixi muzeyi“ sifatida qayta roʻyxatga olingan. Muzey soha korxona va tashkilotlari tashabbusi bilan tashkil etilgan. Respublika boʻylab noyob eksponatlar, shuningdek, kollektsiyachilarning shaxsiy kollektsiyasidan muzeyga taqdim etilgan. „Aloqa tarixi muzeyi“ yagona taʼsischisi va boshqaruv organi „Aloqa va axborotlashtirish sohasi tarixi va merosi“ jamoat fondi hisoblanadi.

Ekspozitsiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Aloqa tarixi muzeyi“ yosh muzey boʻlishiga qaramay, Oʻzbekistonning nufuzli muzeylari qatoridan joy olgan. Muzey binosi uch qavat va ertoʻla qismidan iborat. Muzeyning barcha qavatlarida ekspozitsiya zallari mavjud. Muzey ikkinchi qavatidagi asosiy ekspozitsiya beshta boʻlimdan iborat.
1. Pochta aloqasi boʻlimida qadimiy maʼlumot uzatish usullaridan to zamonaviy pochta tashishda foydalanilgan jihozlar qoʻyilgan. Unda pochta va pochta markalari tarixi bilan bogʻliq eksponat va materiallar, shu jumladan pochta katrochkalari, pochta orqali yuborilgan xatlar, muxrlangan konvertlar, telegrammalar, mustaqillikdan avvalgi davr pochta tarixini aks ettiruvchi materillar mavjud. Bu eksponatlar Sizga pochtaning rivojlanish tarixini oʻrganishga imkon beradi, shu bilan birga, mustaqillik davridagi sohaning rivojlanish bosqichlarini oʻzida aks ettirgan. Shuningdek, „Aloqa tarixi muzeyi“ „Oʻzbekiston pochtasi“ AJ „Oʻzbekiston markasi“ filiali tomonidan nashr etilayotgan markalar Davlat kollektsiyasining yagona saqlovchisi hisoblanadi.
2. Telegraf-telefon boʻlimida yurtimizda foydalanilgan eng sodda telegraf-telefon uskunalaridan to hozirgi kunga qadar foydalanilayotgan zamonaviy uskunalarining ishchi holatdagi asl namunalari oʻrin olgan.
3. Radio-televideniye boʻlimi turli rusumdagi radio va televizorlardan iborat namunalar ushbu ekspozitsiyadan oʻrin olgan.
4. Mobil aloqasi boʻlimida Oʻzbekistonda foydalanilgan birinchi mobil telefon apparati ekspozitsiyadan joy olgan. Shuningdek, ishlab chiqarilgan va rivojlanish bosqichlarida yaratilgan mobil telefon namunalari namoyish etilgan.
5. Sohaning mustaqillik yillarida rivojlanishi boʻlimida mustaqillik davrida aloqa sohasidagi yangi texnologiyalar va telekommunikatsiya vositalarining rivojlanishi oʻz aksini topgan. Bundan tashqari muzeyda quyidagilar mavjud. Muzeyning ostki qavatida turli yillarda foydalanilgan taksofonlar, oʻlchov texnikalari va pochta boʻlimining XX asr 80-yillardagi koʻrinishi joy olgan. Muzeyda 30 oʻrinli kinozal, 40 hamda 150 oʻrinli zamonaviy texnik jihozlar bilan taʼminlangan anjuman zallari mavjud. Muzey xizmat koʻrsatish faoliyatida mobil 360 gradusli vertual „Aloqa tarixi muzeyi“ga sayoxat qilishingiz mumkin. Qolaversa, „Audiogid“ joriy etilgan boʻlib, mobil audiogid QR kodi tizimi bilan takomillashtirilgan. Undagi audiodastur eksponatlar haqida uch tilda eng muhim maʼlumotlar bilan tanishtiradi.

Pochta markalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat pochta markalari toʻplami Muzey kollektsiyasida Oʻzbekiston va butun dunyodagi filatelistlar uchun katta ahamiyatga ega boʻlgan kollektsiya hisoblanadi. Shuningdek, dunyoning 90 ga yaqin davlatlardan Oʻzbekiston Davlatiga sovgʻa qilingan xorijiy pochta markalari hamda mustaqillikdan avvalgi davrda Oʻzbekiston tematikasida nashr etilgan va boshqa hamdoʻstlik davlatlariga bagʻishlab chiqarilgan qadimiy pochta markalari kollektsiyasi mavjud.

„Aloqa tarixi muzeyi“da hozirgi kunga kelib, namoyishga qoʻyilgan va zahirada 18 266 dona eksponat mavjud. Jumaladan, asosiy eksponatlar (texnika va markalar) — 10 995 dona, ilmiy koʻmakchi eksponat va kitoblar — 7271 dona.

Shu bilan birga, „Aloqa tarixi muzeyi“da quyidagi eksponatlar bilan tanishish mumkin.
"Radioreproduktor" 1940 yillarda shahar va tumanlarda aholi gavjum boʻladigan maydonlar, koʻchalar, bozorlar, vokzal maydonlarida aholiga yangiliklarni etkazish uchun foydalanilgan.
Rekord-19 rusumli ovoz kuchaytirgich 1927-yil Rossiyada ishlab chiqarilgan.
Fanograf 1877-yilning 21-noyabrida amerikalik olim Tomas Yedison tomonidan ixtiro qilingan.
Grammofon, Patefon 1950 yillarda Rossiyada ishlab chiqarilgan.
M-60 kommutatori 1950 ̶1960 yillarda abonentlarga mahalliy, shaharlararo va xalqaro telefon aloqasini tashkil etish uchun telefon operatori tomonidan boshqarilgan.
Morze telegraf apparati 1940-yilda Rossiyada ishlab chiqarilgan.
6N-1 rusumli lampali radio qabul qilgich 1938-yilda Voronejdagi „Elektrosignal“ zavodida ishlab chiqarilgan.
Kvn — 49 televizori 1949-yilda Rossiyada ishlab chiqarilgan.
Elektron nurli trubka 1926-yil Toshkent shahrida B.P.Grabovskiy tomonidan yaratilgan radio-telefot uskunasi tarkibida boʻlgan.
"Luna ─24" kosmik stansiyasi maketi 1976-yilda Rossiyada yasalgan.
Xarf teruvchi telegraf apparati 1934-yil Rossiyada ishlab chiqarilgan.
Raqam terilmaydigan telefon apparati 1929-yilda Rossiyada ishlab chiqarilgan.
Agat — 9 kompyuter jamlamasi 1990-yilda Oʻzbekiston Algoritm zavodida yigʻilgan.
Oʻzbekiston Respublikasida birinchi nashr qilingan shoira Nodirabegim aks ettirilgan marka 1992-yil 7-may.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 20 yilligiga bagʻishlangan Amir Temur haykali tilla bilan ishlangan pochta markasi 2011 yil.

1. https://aloqamuzeyi.uz/ (Wayback Machine saytida 3-oktabr 2021-yil sanasida arxivlangan)
2. http://uzscite.uz/articles/aloka-va-ahborotlashtirish-sohasi-tarihi-va-merosi-zhamoat-fondining-2017-jildagi-faolijati-tugrisida/ (Wayback Machine saytida 21-oktabr 2021-yil sanasida arxivlangan)