Kontent qismiga oʻtish

Poi Kalon

Koordinatalari: 39°46′34″N 64°24′54″E / 39.77602253186687°N 64.41488770962752°E / 39.77602253186687; 64.41488770962752
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Poi Kalon
Poyi Kalon

Poyi Kalondagi madrasa va minorali hovli
Joylashuvi Buxoro, Oʻzbekiston
Koordinatalar 39°46′34″N 64°24′54″E / 39.77602253186687°N 64.41488770962752°E / 39.77602253186687; 64.41488770962752 (koordinatalar shu koʻrinishda joylanadi) /-->
Konfessiya islom
Arxitektura uslubi O‘rta Osiyo meʼmorchiligi
Asoschi Arslonxon
Asosiy sanalar 1127-yil, 1514-yil, 1536-yil
Qurilish boshlanishi XII asr
Qurilish yakunlanishi 1915-yil
Binolar Minorai Kalon • Masjidi Kalon • Mir Arab madrasasi • Amir Olimxon madrasasi
Map
Poi Kalon xaritada
Poi Kalon Vikiomborda

Poyi Kalon (Forscha: پای کلان - Tog'ridan-to'g'ri tarjimasi: "katta oyoq' ") — Minorai Kalon etagida joylashgan meʼmoriy ansambl hisoblanadi. Majmua XII — XVI asrlarda qurilgan uchta inshootdan, jumladan, Kalon minorasi, Kalon masjidi va Mir Arab madrasasidan tashkil topgan. Poi Kalon bosh Registon maydonida joylashgan va u Buxoroning markaziy meʼmoriy ansamblidir. Poyi Kalon — Fors tilidan tarjima qilinganda ,,yaqinroq, yaqinida" degan maʼnolarni anglatgan. Bundan tahqari, xalq tilida ,,Poyi masjid/Kalon madrasasi" yoki bo‘lmasa ,,hovli yaqinidagi, masjid/Madrasa yaqinida" degan atamalar bilan ham uchrab ataladi.

Minorali qal’a masjid VIII asrda arablar tomonidan Movarounnahr egallab olinishidan oldin Buxorodagi shahar qalʼasi etagida joylashgan bo‘lgan. XII asrga kelib, Arslonxon tomonidan shaharni qayta tashkil etish rejasi tuzilgan. Markaziy ko‘chalardan hisoblangan Bu-Laysa ko‘chasidagi shahar saroyi demontaj qilinib, o‘sha paytda xarobaga aylangan qal’a qayta tiklangan hamda shahar masjidi ko‘chirilgan. Qo‘rg‘ondan taxminan bir yuz ellik metr janubi-sharqda yangi masjid, yonida esa minora qurililgan. Narshaxiyning fikriga ko‘ra minora — ,,chiroyli ishlagan"[1] ammo u mustahkam qilib qurilmagan. Qurilish ishlari tugagandan soʻng, minora masjid ustiga qulab tushgan va uning uchdan ikki qismini vayron bo‘lgan. 1121-yilga kelib yangi masjid, 1127-yilda esa minora qayta qurilgan. Mazkur minora hozirgacha saqlanib qolingan.

XV asrda Arslonxon masjidi oʻrnida hozirgi Kalon masjidi qurilgan boʻlib, uning bezaklari 1514-yilda yakunlangan. Bu haqda bino fasadidagi yozuvda bitib qo‘yilgan. Ansamblning hozirgi ko‘rinishi 1536-yil Ubaydulla xonning ishonchli odami yamanlik Miri Arab maslahati bilan bunyod etilgan. Miri Arab vafotidan keyin qabri uning nomidagi madrasa hovlisida qad rostlagan va Ubaydullohning o‘zi ham shu yerga dafn etilgan.

Arxitektura xususiyatlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tartibi va joylashuvi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Maydon Buxoro Registoni yonida joylashgan va uning shimoliy eshigi shaharning markaziy ko‘chalaridan biriga tutashgan. Masjid va madrasa fasadlari bir-biriga qarama-qarshi joylashgan bo‘lib, ular bir  qoshni tashkil qiladi.

Kalon minorasi yoki Katta Buxoro minorasi maydondagi eng qadimiy bino boʻlib, u 1127-yilda Arslonxon  tomonidan qurilgan va deyarli 900 yil davomida hech qachon taʼmirlanmagan. Minora Buxorodagi eng baland binolardan biri hisoblanadi. Uning balandligi 46,5 metr, pastki diametri esa 9 metrni tashkil qiladi. Konstruksiyaning o‘zi konussimon shaklda hamda tepasida fonar o‘rnatilgan. Minora ajoyib va noodatiy usulda bezatilgan bo‘lib, silindrsimon korpusi tekis va relyefli toshli chiziqlar bilan qoplangan. Ushbu usulning afzalligi shundaki, har qanday yorug‘likda  ham inshoot o‘zining yumaloqligini ochib beradi. Chiroqning gumbazi saqlanib qolinmagan.

Kalon masjidi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Kalon masjidining ichki hovlisi, Poi-Kalon majmuasi, Buxoro, Oʻzbekiston

Kalon masjidi (oʻzbekcha: Juma masjid, yana Kalon — „Ulugʻ masjid“ ham deb ataladi) — qoraxoniylar masjidi hisoblangan Buxoro qal’a masjidi vayron boʻlgandan so‘ng uning oʻrniga qurilgan. Qurilishi 1514-yilda yakunlangan, Samarqanddagi Bibixonim masjididan keyin Markaziy Osiyoda ikkinchi yirik masjid hisoblanadi. Ushbu masjid Temuriylar meʼmorligi anʼanalari asosida yaratilgan hamda sirlangan mozaikalar bilan bezatilgan[2].

Mir Arab madrasasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Buxorodagi Mir Arab madrasasidagi murakkab koshin ishlariga nazar.
Mir Arab Ivan madrasasi.

Mir Arab madrasasi („arab amiri“) — 1535-1536-yillarda Ubaydulloxon tomonidan Yaman shayxi Abdulloh uchun qurilgan madrasa hisoblanadi. Bino ancha katta −111 hujra va ikkita xoch shaklidagi zalni oʻz ichiga oladi: birinchisi masjid va maʼruza zali sifatida ishlatilgan, ikkinchisi esa Ubaydullohxon va yamanlik Abdulla hamda boshqalarning qabri boʻlgan[3].

Qiziq faktlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. Muxammed Narshaxi. Istoriya Buxari. perevod I. S. Lishina. Tashkent. 1897. sit. po L. I. Rempel. Iskusstvo srednego Vostoka.
  2. История народов Узбекистана. Ташкент: Изд. АН УзССР, 1947 — 63-bet. 
  3. Воронина, В. Л. „Архитектура Средней Азии XVI-XVII вв“, . Всеобщая история архитектуры. Москва: изд-во Акад. архитект. СССР, 1969 — 307-309-bet. 
  4. Poi-Kolyan[sayt ishlamaydi].