Kontent qismiga oʻtish

Katta Ergash

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Katta Ergash
Tavalludi 1882-yil
Bachqir qishlogʻi, Fargʻona viloyati
Vafoti 1921-yil
Xonabod
Xizmatdagi yillari 1918-1921
Jang/urush Turkistonda sovet rejimiga qarshi qurolli harakat

Katta Ergash, (1882-yil, Bachqir qishlogʻi, Fargʻona viloyati1921-yil Xonabod) — Fargʻona vodiysidagi istiqlolchilik harakatining yoki bosmachilikning rahbarlaridan biri.

Tarjimayi holi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Katta Ergash qoʻshinining jangovar bayrogʻi

Ergash qoʻrboshi 1882-yilda Qo‘qonning Bachqir qishlog‘ida tug‘ilgan. U istiqlolchilik harakatining Fargʻona viloyatidagi (1918—1921) eng nufuzli[1] dala qoʻmondonlaridan biri boʻlgan. Uch yil Farg‘ona vodiysida sovet tuzumiga qarshi kurashgan. 1921-yil yanvarda Xonobodda qizil armiya tomonidan o‘ldirilgan.

1918-yil 12-fevralda Qo‘qon qal’asiga muvaffaqiyatsiz hujum uyushtirildi[2].

Farg‘onalik mujohidlar orasida Ergash ismli ikki rahbar bo‘lgan. Birinchi Ergash (Kichik Ergash[3]) 1918-yil Bachqirdagi jangda halok bo‘lgan. Ikkinchi Ergash Qo‘qonda yashagan. U din arbobi bo‘lgan va juma namozlarida 25 ming kishiga vaʼz oʻqigan. Mulla Ergash nomi bilan ham mashhur. Mulla Ergash Qo‘qonni qamal qilishda qatnashib, keyimchalik Bachqirga qochadi. Kichik Ergash vafotidan keyin (1918-yil fevral) mulla Ergash sho‘rolarga qarshi kurashning birinchi guruhini tuzgan. 1918-yil bahorida barcha Farg‘ona rahbarlari uni Amir ul Muslim deb tan oldilar va u xalq orasida mashhur bo‘ladi. 1918-yil bahor va kuz oylarida Namangan va Qo‘qon viloyatlarida Qizil armiya bilan bo‘lgan barcha janglarda Ergash qoʻrboshi g‘alaba qozonadi. Ergashbek va Madaminbek mujohidlar yetakchiligi uchun kurashadi va Ergash kurashda mag‘lub bo‘ladi. Natijada 1918-yil oxiri 1919-yil boshida Farg‘ona mujohidlariga Madaminbek boshchilik qiladi. Qizillarga qarshi janglarning birida Ergash yarador bo‘lib, 1921-yilgacha yirik janglarda qatnashmaydi. Oʻsha yili u oʻz qarorgohida Qizil Armiya tomonidan oʻldirilgan. Baʼzi manbalarda bu sana 1919- yoki 1920-yil deb koʻrsatilgan.


  1. „«Красные басмачи»: почему они поддержали большевиков — Рамблер/новости“. 2019-yil 27-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 27-avgust.
  2. „Борьба с басмачами в Средней Азии“. 2017-yil 17-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 27-avgust.
  3. Мансурхўжа Хўжаев. Тарихий, ҳужжатли, бадиий-публицистик қисса, «ШАРҚ» НАШРИЁТ-МАТБАА АКЦИЯДОРЛИК КОМПАНИЯСИ БОШ ТАҲРИРИЯТИ, ТОШКЕНТ, 2008 — 153-bet.