Koʻganbek Sheraliyev
Koʻganbek Sheraliyev | |
---|---|
Koʻganbek Sheraliyev | |
Buxorodagi mashhur qoʻrboshi | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1897-yil Sharqiy Buxorodagi Loqay-Tojik tumanidagi Shoʻrcha qishlogʻi |
Vafoti |
1932-yil Toshkent |
Koʻganbek Sheraliyev — (1897—1932) — Sharqiy Buxoroda qizil armiyaga qarshi kurashgan qoʻrboshilardan biri. Ibrohimbek qoʻrboshining safdoshi[1].
Qoʻrboshilik faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Koʻganbek Sheraliyev 1897-yilda Sharqiy Buxorodagi Loqay-Tojik tumanidagi Shoʻrcha qishlogʻida amir amaldori oilasida tavallud topgan. U amir amaldorining oʻgʻli boʻlgan. Keyinchalik oʻzi ham harakatga rahbarlik qilib, uning qoʻl ostida 100 nafarcha yigitlar boʻlib, koʻplab janglar olib boradi. 1931-yil 9-iyuldagi Koʻganbek Sheraliyev Murtazin tomonidan soʻroq qilingan va u koʻplab maʼlumotlarni aytib beradi. Unga koʻra 1926-yilda Ibrohimbek Afgʻonistonga oʻtishi bilan Tojikistonda yashaydigan koʻplab oilalar ham muhojirlikda ketgan. Shular qatorida Koʻganbek Sheraliyev oʻz yurtini tashab ketishga majbur boʻladi. U Afgʻonistondan oʻtib, Ibrohimbek bilan birgalikda Yangiqal’ada 6-7 kun yashaydi va Koʻganbek Sheraliyevning oʻrniga Ibrohimbek oʻziga boshqa qoʻriqchi yigit tayinlagan, chunki uning yonida 15 nafar yigiti boʻlgan. 1931-yil Ibrohimbek bilan birgalikda Afgʻonistondan qatib kelgan va uning yonida doim boʻlgan. Keyinchalik Koʻganbek Sheraliyev oʻzining 10 yigiti bilan Qayum va Toshmanlar 4 nafardan yigiti bilan Oybuloqqa borib, sovet hokimiyatiga taslim boʻladi. Koʻganbek Sheraliyev tergov soʻrogʻining oxirida aytadiki, Ibrohimbekning sovet hududiga oʻtishdan asosiy maqsadi hukumatga taslim boʻlish edi va u 800 ta oʻzbek muhojirlari oilalarini qaytib kelishiga katta yordam beradi. Tarixchi olim Qahramon Rajabov soʻzlariga koʻra Koʻganbekning bu mulohazalari ozroq haqiqat boʻlsa ham, Ibrohimbek sovet hkimiyatiga soʻnggi qoni qolguncha kurashlar olib borgan. Koʻganbek Sheraliyev sovet hukumatining 1932-yil 13-apreldagi qarori bilan 1932-yil 10-avgustda Toshkentda 35 yoshida otib oʻldirilgan[2].