Fargʻona viloyati (Rossiya imperiyasi)
| ||
Viloyat | ||
---|---|---|
Tegishli | Turkiston general-gubernatorligi | |
Maʼmuriy markazi | Skobelev | |
Asos solingan sanasi | 1876-yil 5-mart | |
Bekor qilingan sanasi | 1917-yil | |
Aholi (1897-yil) | 1 572 214 kishi[1] | |
Maydoni | 160 141 km² | |
Xaritada | ||
40°31′43.000″N 70°56′33.000″E / 40.52861111°N 70.94250000°E |
Fargʻona viloyati – Turkiston general-gubernatorligi tarkibiga kiruvchi viloyatlardan biri boʻlgan. Viloyat 1876-yil 19-fevralda Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olingan Qoʻqon xonligi hududida tashkil qilingan. Fargʻona viloyati tarkibiga Margʻilon, Andijon, Qoʻqon, Namangan, Oʻsh uyezdlari va Pomir kirgan. Maydoni taxminan 160,1 ming km. Maʼmuriy markazi – Yangi Margʻilon shahri (1907—1924-yillarda Skobelev shahri deb nomlangan). Fargʻona viloyati (Rossiya imperiyasi) aholisi 1897-yilgi aholi roʻyxatiga koʻra, 1 560 411 kishidan iborat boʻlgan. Aholisining asosiy mashgʻuloti – dehqonchilik va chorvachilik. Viloyatda ekin ekiladigan yerlar maydoni 860 000 desyatinani tashkil qilgan. Dehqonchilikda, asosan, bugʻdoy, kunjut, paxta, tamaki, beda, joʻxori, arpa, tariq va boshqa ekinlar ekilgan. Qishloq xoʻjaligida, ayniqsa, paxtachilikka katta eʼtibor berilgan, 1901-yilda viloyatning 232 500 desyatina yeriga paxta ekilgan. Fargʻona, shuningdek, bogʻdorchilik yaxshi rivojlangan viloyatlardan boʻlgan. Fargʻona viloyatidan boshqa davlatlarga, asosan, paxta, ipak, jun, poyabzal, teri, gilam, sholi kabi mahsulotlar eksport qilingan.
Viloyat hududida joylashgan mahalliy maktab va oʻquv yurtlari soni 2 246 ta, masjidlar 6 554 boʻlgan. Fargʻona viloyati aholisi Rossiya imperiyasining mustamlakachilik siyosatiga qarshi koʻplab chiqishlar qilgan. Ayniqsa, 1898-yildagi Andijon qoʻzgʻoloni va 1916-yildagi Oʻrta Osiyo qoʻzgʻolonida faol qatnashgan. 1924-yil Oʻrta Osiyo respublikalarida milliy davlat chegaralanishi munosabati bilan Fargʻona viloyati (Rossiya imperiyasi) tugatilgan.
Geografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Fargʻona viloyati Oʻrta Osiyoning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olingan hududlarining janubi-sharqiy qismida (Turkiston general-gubernatorligi) joylashgan. Shimol va shimoliy-gʻarbda Sirdaryo viloyati, shimoli-sharqda Semirechensk viloyati, sharqda Xitoy imperiyasi (Qashqar), janubda Pyanjning yuqori oqimida joylashgan yerlar bilan chegaradosh. Viloyat maydoni maydoni taxminan 160,141 km², aholisi 1,560,411 kishini tashkil etadi.
Relyefi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Relyef jihatidan Fargʻona viloyatini uch qismga boʻlish mumkin: Fargʻona vodiysi, vodiy bilan chegaradosh togʻ tizmalari va Oloy-Pomir togʻlari. Fargʻona vodiysi janubi-gʻarbiy qismidan tashqari har tomondan baland va borish qiyin boʻlgan togʻlar bilan oʻralgan. Fargʻona bilan chegaradosh va sugʻorish uchun xizmat qiluvchi koʻplab daryolar paydo boʻladigan togʻlar etaklarida ekin maydonlarining deyarli uzluksiz yashil hududi mavjud. Vodiyning oʻrta qismi, aksincha, shoʻr-qumli dashtdan iborat.
Geologik jihatdan Fargʻona vodiysi yura, boʻr, uchlamchi va uchinchi davr konlarini oʻz ichiga oladi. Yura, boʻr va uchlamchi sistemalar vodiyning chekka va oʻrta qismida yaxshi rivojlangan. Uchlamchi davr konlariga mansub havo va suv lyosslari, shuningdek, konglomeratlar, asosan, Fargʻonaning choʻzilgan chekka qismlarida keng tarqalgan. Fargʻona vodiysi bilan chegaradosh togʻ tizmalari Tyan-Shan va Pomir-Oloy togʻlari hisoblanadi. Shimol va shimoli-sharqdan Fargʻona Tyan-Shanning gʻarbiy qismida joylashgan choʻqqilarining janubiy togʻlari, yaʼni Chotqol va Fargʻona tizmalari bilan yopilgan boʻlib, ushbu hududlarga borish qiyinchilik tugʻdirsa, baʼzi joylardan esa umuman oʻtib boʻlmaydi. Janubdan Fargʻona baland Oloy tizmasi bilan oʻralgan. Fargʻona vodiysidan qaralganda uch qator tepaliklar koʻrinib turadi: birinchi qismi tizmalar, uchlamchi sistemalar, boʻr va yura qatlamlari jinslaridan, ikkinchi qismi paleozoy ohaktoshlari va shiferlaridan, uchinchisi qismi esa metamorfik shiferlar, granitlar, gneyslar va boshqa jinslardan tashkil topgan.
Iqlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Fargʻona viloyati hududi kontinental iqlim zonasida joylashgan. Qishi sovuq, yozi juda issiq, havosi quruq, ozgina bulutli, kunduzi va kechasi oʻrtasidagi haroratning keskin oʻzgarishi va yogʻingarchilik miqdorining kamligi viloyat iqlimiga xosdir.
Balandligi metrlarda | Yilning oʻrtacha harorati (Selsiy boʻyicha) | Maks. | Min. | Yogʻingarchilik mm da | |
---|---|---|---|---|---|
Namangan | 450 | +13,3 | +39,4 | −15,6 | 178.7 |
Yangi Margʻilon | 585 | +13,2 | +40,4 | −23,5 | 172,9 |
Oʻsh uyezdi | 1015 | +11,6 | +39,0 | — | 334,8 |
Ergashtom | 2840 | +2.1 | +23,9 | — | 139.1 |
Pomir posti | 3640 | −1,4 | +27,3 | −46,7 | 52.9 |
Fargʻona vodiysida bahor koʻpincha fevralda va mart oyining boshlarida keladi, may oyida havo ancha isiydi, iyun va iyul oylari yilning eng issiq oylari hisoblanadi. Yozda osmon asosan bulutsiz, maydan oktyabrgacha yogʻingarchilik deyarli yoʻq. Vodiyda qish oʻzgaruvchan, qor tez-tez yogʻmaydi va tez eriydi, garchi sovuq baʼzan 20 yoki undan ham koʻproq darajaga yetsa ham.
Florasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Fargʻona viloyatining oʻsimliklar olami juda xilma-xildir. Viloyatda deyarli barcha Turkiston florasi vakillari jamlangan. Dengiz sathidan 600 metr balandlikkacha boʻlgan hududlarda madaniy oʻsimliklar, sugʻorish tizimiga ega boʻlmagan hududlarda esa dasht florasi ustunlik qiladi.
Hududda yongʻoq, terak, tol, qayin, chinor, olma, nok, pista, o'rik, bodom va boshqa turlardan iborat haqiqiy keng bargli oʻrmonlar mavjud. Butalardan olcha, chakanda, doʻlana, yovvoyi gul, taroq kabilar uchraydi.
Fargʻona viloyatida qurilish materiallari sifatida foydalaniladigan daraxtlarning kamligi, shuningdek, noyob daraxtlarning keng tarqalishi tufayli oʻrmondan unumli foydalanish va daromad olish koʻrsatkichlari juda past. Biroq Andijon va Namangan tumanlarida joylashgan yongʻoqzorlar bundan mustasno.
Mineral resurslari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Fargʻona viloyatidagi foydali qazilma boyliklari kam olimlar tomonidan oʻrganilgan. Qadim zamonlardan beri Fargʻona viloyatida simob konlari mavjud boʻlib, XIX asr oxiridayoq bu hududda feruza, oltin, kumush, mis, qoʻrgʻoshin, temir, oltingugurt, marmar, gips, selitra, tuz, moy, ozokerit, grafit va boshqa shu kabi mineral resurslar mavjudligi aniqlangan. 1901-yil oxiridan boshlab neft konlarini tizimli oʻzlashtirish ishlari yoʻlga qoʻyilgan.
Hokimyat organlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hududiy boʻlinishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]XX asr boshlarida viloyat 5 ta uyezdga boʻlingan:
№ | Uyezd | Uyezd shahri | Maydoni (kv. verstada) | Aholisi[1] (1897) |
---|---|---|---|---|
1 | Andijon | Andijon (47627 kishi) | 13 333,2 | 360 267 |
2 | Qoʻqon | Qoʻqon (81 354 kishi) | 13212,6 | 364 658 |
3 | Margʻilon (1907-yildan Skobelev) | Skobelev (8928 kishi) | 14 069,1 | 321 860 |
4 | Namangan | Namangan (62 017 kishi) | 15 273,4 | 363 789 |
5 | Oʻsh | Oʻsh (34 157 kishi) | 65 252,7 | 161 640 |
1897-yilda Sharqiy Pomir hududi ikki volostdan (Pomir va Orshor) iborat mintaqa tarkibiga kiritiladi va hudud Pomir otryadi boshligʻi tomonidan boshqariladigan boʻladi. Qarorgohi 1891-yildan Margʻlonda, 1893-yildan Pomirda, 1897-yildan Xorugʻda joylashgan.
Harbiy gubernatorlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ismi-familyasi | Unvoni | Rahbarlik davri |
---|---|---|
Mixail Skobelev | Buyuk imperator mulozimi general-mayor | 05.03.1876—17.03.1877 |
Aleksandr Abramov | general-leytenant | 17.03.1877—04.11.1883 |
Nikolay Ivanov | general-mayor | 25.11.1883—26.11.1887 |
Nikolay Korolkov | general-leytenant | 26.09.1887—30.06.1893 |
Aleksandr Povalo-Shveykovskiy | general-leytenant | 30.06.1893—28.05.1898 |
Andrey Chaykovskiy | general-mayor | 04.07.1898—19.05.1901 |
Georgiy Arandarenko | general-mayor | 04.06.1901—10.12.1904 |
Vasiliy Pokotilo | general-mayor | 10.12.1904—28.07.1907 |
Vladimir Susanin | general-leytenant | 23.09.1907—08.03.1911 |
Aleksandr Gippius | general-leytenant | 08.03.1911—1917 |
Harbiy gubernator yordamchilari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ismi-familyasi | Unvoni | Rahbarlik davri |
---|---|---|
Pyotr Yastrjembskiy | mayor | 01.07.1876—07.05.1879 |
Viktor Medinskiy | general-mayor | 07.05.1879—09.01.1896 |
Fyodor Vasilyev | polkovnik | 14.02.1896—05.03.1901 |
Vladimir Nalivkin | haqiqiy adliya maslahatchisi | 28.03.1901 |
Aholisi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1897-yilgi aholini roʻyxatga holatiga koʻra[2]:
- Sartlar – 788 989 kishi;
- Turklar – 261 234 (turli qabilalar) kishi;
- Qirgʻiz – 201 579 (qoraqirgʻiz) kishi;
- Oʻzbeklar – 153780 (asosan ming urugʻi) kishi;
- Tojiklar – 114 081 kishi;
- Qashqarlar – 14 915 kishi;
- Ruslar – 9 842 kishi;
- Qipchoqlar – 7584 kishini tashkil etadi.
Uyezdlar | Sartlar | Qirgʻizlar | Oʻzbeklar | Tojiklar | Ruslar | Qashgʻarliklar | Qipchoqlar[3] | Qoraqalpoqlar |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Butun viloyatda | 50,7% | 12,9% | 9,9% | 7,3% | … | 1,0% | … | … |
Andijon | 61,6% | 33,3% | … | … | 1,2% | 2,8% | … | … |
Qoʻqon | 39,6% | 3,3% | 39,9% | 10,4% | … | … | 1,7% | 3,4% |
Margʻilon | 63,7% | 13,7% | 2,6% | 4,7% | 1,4% | 1,4% | … | … |
Namangan | 60,7% | 5,7% | … | 16,5% | … | … | … | … |
Oʻsh | … | 1,0% | … | … | 1,0% | … | … | … |
Viloyatning shaharlarida 284 358 kishi yashagan, yirik shaharlar boʻyicha quyidagi taqsimlanadi:
- Qoʻqon sh. – 81 354;
- Namangan sh. – 62 017;
- Andijon sh. – 47 627;
- Eski Margʻilon – 36 490;
- Oʻsh sh. – 34 157;
- Chust sh. – 13 785;
- Yangi Margʻilon sh. – 8 928.
1917-yil holatiga koʻra Fargʻona viloyati aholisi soni va milliy tarkibi shaharlar kesimida[5]:
shaharlar | jami | oʻzbeklar | sartlar | qirgʻizlar | tojiklar | ruslar | qashgʻarliklar | turklar | polyaklar | nemislar | armanlar | loʻlilar | yahudiylar | tatarlar |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Qoʻqon | 81 354 | 54 673 | 20 907 | 74 | 2 696 | 1 542 | 73 | 69 | 215 | 61 | 36 | 439 | 275 | 206 |
Namangan | 62 017 | 6 | 52 890 | 48 | 691 | 1 026 | 10 | 6 670 | 192 | 46 | - | 2 | 110 | 194 |
Andijon | 47 627 | 4 | 45 366 | 37 | 51 | 950 | 4 | 5 | 194 | 49 | 7 | 2 | 97 | 114 |
Eski Margʻilon | 36 490 | - | 35 645 | 20 | 3 | 98 | 33 | 4 | 1 | - | 2 | - | 652 | 7 |
Oʻsh | 34 157 | 5 | 8 | - | 107 | 989 | - | 32 432 | 188 | 45 | - | - | 46 | 24 |
Chust | 13 785 | 376 | 257 | - | 12 718 | - | - | 421 | - | - | - | - | - | - |
Yangi Margʻilon | 8 928 | 300 | 2 308 | 88 | 236 | 4 563 | 19 | 5 | 727 | 158 | 49 | 9 | 186 | 151 |
1905-yilda Fargʻona viloyati aholisi 1 794 700 kishini tashkil qilgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 „Первая всеобщая перепись населения Российской Империи 1897 г.“. 2014-yil 22-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 8-dekabr. Manba xatosi: Invalid
<ref>
tag; name "Демоскоп Weekly" defined multiple times with different content - ↑ 1897-yildagi Rossiya imperiyasi aholisini birinchi umumiy roʻyxatga olish. Aholining ona tili va Rossiya imperiyasining okruglari boʻyicha taqsimlanishi, Yevropa Rossiyasining viloyatlari bundan mustasno
- ↑ „Первая всеобщая перепись населения Российской Империи 1897 г. Распределение населения по родному языку, губерниям и областям“. 2012-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 14-iyun.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Biblioteka Tsarskoe Selo, knigi po istorii Ferganskoy oblasti, PDF[sayt ishlamaydi]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |