Kontent qismiga oʻtish

Andijon uyezdi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Andijon uyezdi — Turkiston general-gubernatorligi, Fargʻona viloyatining maʼmuriy-hududiy birligi. Maʼmuriy markazi — Andijon shahri.

Uyezd Fargʻona viloyatining shimoliy-sharqiy qismida joylashgan boʻlib, Semirechensk va Sirdaryo viloyatlari bilan chegaradosh boʻlgan. Maydoni 13 333,2 kv. verst. Yer yuzasi togʻli boʻlib, baland Fargʻona tizma tizmalaridan tashkil topgan. Sunʼiy sugʻorish sharoitidagi vodiylar dehqonchilik uchun qulay boʻlgan, togʻ tizmalarining yon bagʻirlarida keng yaylovlari boʻlgan.

uyezd 1876-yilda Qoʻqon xonligining Rossiya imperiyasiga qoʻshib olinib, Fargʻona viloyati tashkil etilgandan soʻng tashkil topgan. uyezdning ilk rahbari Smirnov boʻlgan (boshqa manbalarda Semyonov). Arxiv manbalarning birida Andijon uyezdi boshligʻi podpolkovnik Koshiyevskiy boʻlgani, 1866-yil 8-avgustdan praporshik lavozimida harbiy qismda xizmat qilgani, 1876-yil 6-martdan Andijon uyezd boshligʻining katta yordamchisi boʻlib xizmat qilgani, oʻzbek tilini yaxshi bilgani, mahalliy tilda erkin yozishni bilgani qayd etilgan. 1876-yildan 1917-yil oktyabr toʻntarishiga qadar butun Andijon uyezdi aholisi, hududi uyezd boshligʻi tomonidan cheklanmagan huquq vakolatlar orqali boshqarilgan. uyezd boshligʻi bevosita Fargʻona oblast harbiy gubernatoriga boʻysungan[1].

Maʼmuriy boʻlinishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Uyezd yer oʻlchovchisi V.Kolodovkinning 1890-yili tuzgan („Karta Andijanskogo uyezda Ferganskoy oblasti“) xaritasida Andijon uyezdi tarkibiga 22 volost boʻlgan.

Volostlar
Volostlar Asl nomi Hozirgi hududi
Baliqchi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston, Andijon viloyati
Norin Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston, Namangan viloyati
Xaqulobod Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston, Namangan viloyati
Izboskan Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston, Andijon viloyati
Oltinkoʻl Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston, Andijon viloyati
Xakan Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Yorboshi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Magir
Novkent Qirgʻiziston bayrogʻi Qirgʻiziston
Qoʻqonqishloq Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Bozorqoʻrgʻon Qirgʻiziston bayrogʻi Qirgʻiziston
Oyim Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston, Andijon viloyati
Qoʻrgʻontepa Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston, Andijon viloyati
Qorasuv Qirgʻiziston bayrogʻi Qirgʻiziston Oʻsh viloyati,

Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston Andijon viloyati

Koʻgart Qirgʻiziston bayrogʻi Qirgʻiziston
Jalaquduq Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston, Andijon viloyati
Maylisoy Qirgʻiziston bayrogʻi Qirgʻiziston
Mosi Qirgʻiziston bayrogʻi Qirgʻiziston
Kenkolqoragir
Qorakoʻlsarisuy
Jalolobod Qirgʻiziston bayrogʻi Qirgʻiziston
Chankent Qirgʻiziston bayrogʻi Qirgʻiziston

1900-yilda uyezdda 351 187 kishi istiqomat qilgan. Aholisi sartlar, qipchoqlar, qirgʻizlar va oz sonli ruslardan iborat boʻlgan[2].

  1. Shamsutdinov, R; Ishoqov, A. Andijon Tarihidan lavhalar. Andijon: «Sharq» nashriyoti, 2013. 
  2. Энциклопедический словарь „Андижанский уезд“. Qaraldi: 11-noyabr 2022-yil.[sayt ishlamaydi]