Kontent qismiga oʻtish

Olay tizmasi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Olay tizmasi (qirgʻizcha: Алай кыркы, tojikcha: Қаторкӯҳи Олой) — PomirOlay togʻlari sistemasidagi tizma. Qirgʻiziston va qisman Tojikistonda. Eng baland joyi 5539 m. Uzunligi 400 km. Jan.da Fargʻona vodiysi bilan chegaralanadi. Qum-gilli jinslar va kristalli slanetslardan tuzilgan. Shimoliy yon bagri qiya va bir necha koʻndalang vodiylarni oʻz ichiga oladi. Janubiy yon bagʻri Olay vodiysiga tik tushgan. Choʻqqilarida, ayniqsa, gʻarbiy qismida qor va muzliklar (568 km²) bor. Togʻ etaklarida chala choʻl oʻsimliklari oʻsadi, yon bagʻirlari quruq chalov-betaga dashtlaridan ibo-rat. 2000–3200 m balandlikda oʻtloqdasht oʻsimliklari va archa oʻrmonlari, undan yuqorida alp oʻtloklari bor.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil