Kontent qismiga oʻtish

Zalaegerseg

Koordinatalari: 46°50′21″N 16°51′4″E / 46.83917°N 16.85111°E / 46.83917; 16.85111
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Zalaegerseg
Skyline of Zalaegerseg
Zalaegersegning bayrogʻi
Bayroq
Zalaegersegning rasmiy gerbi
Gerb
46°50′21″N 16°51′4″E / 46.83917°N 16.85111°E / 46.83917; 16.85111
Mamlakat Vengriya
Hukumat
 • mer Zoltan Balaich
Maydon 10,241 km2 (3,954 kv mi)
Telefon kodi

+36 92

kenglik =
Zalaegerseg xaritadaAvstriyaSloveniyaXorvatiyaSerbiyaGermaniyaSlovakiyaUkrainaRuminiyaGyőr-Moson-SopronKomárom-EsztergomVasZalaVeszprémSomogyFejérTolnaBaranyaBudapeshtPestBács-KiskunNógrádHevesJász-Nagykun-SzolnokCsongrád-CsanádBorsod-Abaúj-ZemplénSzabolcs-Szatmár-BeregBékésHajdú-Bihar
Zalaegerseg xaritada
Zalaegerszeg
Cherkov

Zalaegerseg( veng.: Zalaegerszeg, nemischa: Egersee ) — Vengriya g‘arbidagi shahar, Zala okrugining ma’muriy markazi. Aholisi — (2014-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra) 59 275[1] nafar kishi.

Geografiya va transporti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Zalaegerseg Gʻarbiy-Dunayorti o‘lkasida, Budapeshtdan 200 kilometr janubi-g‘arbda va Balaton ko‘lining g‘arbiy uchidan 35 kilometr shimoli-g‘arbda joylashgan. Gʻarbdan taxminan 40 kilometr uzoqlikda Avstriya va Sloveniya bilan chegaradosh. Shaharda temir yo‘l stansiyasi mavjud. E65 avtomobil yo‘li Vashvar - Zalaegerseg - Nadkanija Zalaegerseg orqali o‘tadi. Shahardan Zala daryosi (Balaton havzasi) oqib o‘tadi.

Shahar ilk marta 1247-yilda Egerskug, 1293-yilda esa Egerseg nomi bilan tilga olingan. 1266-yilda qirol Bela IV shaharni Vesprem dioseziga qo‘shib oldi va Egerseg vesprem yepiskoplari tomonidan boshqarila boshlandi. XIV asrda Egerseg mintaqadagi eng yirik shahar edi. 1368-yildan—1389-yilgacha bo‘lgan davrda u erkin qirollik shahri maqomiga ega edi, ammo keyin yana 1848-yilgacha unga egalik qilgan vesprem episkoplariga o‘tdi. 1381-yilda shaharda birinchi tosh cherkov qurilgan. Shahar aholisi jadallik bilan ko‘payib bordi, Egerszeg Zala okrugining "de-fakto" poytaxtiga aylandi.

1526-yilda Moxach jangidagi mag‘lubiyatdan so‘ng, Usmonli imperiyasi qo‘shinlari Vengriya yerlariga bosqinchilik yurishlarini boshlaganlarida, shaharda istehkom ishlari olib borildi, devorlar va qal’a qurildi. Shaharga birinchi marta 1570-yillarda turklar tomonidan hujum qilinadi, ammo Egersegni olishga muvaffaq bo‘lishmaydi. Janubda joylashgan yirik Nadkanija shahri turklar tomonidan bosib olinganligi sababli, Egersegning strategik ahamiyati sezilarli darajada oshdi. Turklarning 1616-yilda shaharni bosib olishga ikkinchi urinishi yana muvaffaqiyatsiz yakun topadi. Egerseg turklar tomonidan faqat 1664-yilda bosib olingan, ammo XVII asr oxirida u butun Vengriya bilan birga Avstriya armiyasi tomonidan turklardan ozod etilgan.

XVIII asrda okrugning poytaxti allaqachon rasman Egersegga ko‘chirilgan. 1730-yilda shaharda barokko uslubidagi inshoot, 1760-yilda esa katta cherkov qurilgan. XIX shaharning o‘rni asta-sekin tusha boshladi, tez o‘sib borayotgan Nadkanija va Kestxey okrug poytaxti bilan raqobatlasha boshladi, 1870—1885-yillar mobaynida Egerseg hatto shahar maqomini ushlab qololmadi. XIX asrda shahar Zalaegerseg, ya’ni "Zaladagi Egerszeg" deb atala boshlandi. 1890-yilda shaharda temir yo‘l barpo etildi. Asrning boshida ko‘pgina yangi binolar qurildi.

Ikkinchi Jahon urushi paytida 1220 nafar Zalaegerseg yahudiylari quvg‘in qilingan va Osvensimda halok etishgan. Shahar 1945-yil 28-martda sovet armiyasi tomonidan ozod qilingan. Urush paytida shahar katta vayronagarchilikka uchramadi.

Urushdan keyingi davrda shaharda bir qancha sanoat korxonalari barpo qilindi, ulardan eng yiriklari to‘qimachilik fabrikasi va neftni qayta ishlash zavodi bo‘ldi. Shahar hududi va aholisining tez o‘sishi Zalaegerseg tomonidan qishloq va shaharlarning o‘zlashtirilishiga olib keladi. Sosializmning qulashi natijasida yuzaga kelgan inqiroz 1990-yillarning oxirida iqtisodiy o‘sishга o‘rnini bo‘shatib beradi.