Zamindoʻzi
Qiyofa
Zamindoʻzi — zardoʻzlikda tikish usuli. Bezatiladigan buyum yuzasi (guli va zamini) kashta bilan sidirgʻa qoplab tikiladi. Bunda kashta toʻgʻridantoʻgʻri matoga yoki mato ustidagi toʻshama (siddiy) ustidan zar, kumush yoki ipak iplar bilan tikiladi. Z.da mayda handasiy shakllar ("chashmi bulbul", "chordarchor", "shashxol", "sambusa" va b.), diagonal va zigzag yoʻllar ("mavji yakroʻya", "mavji duroʻya", "mavji chashmi bulbul" va b.) hosil qiladigan bezak choklardan foydalaniladi. Z.da badiiy anʼanalar, zardoʻz ustaning mahorati namoyon boʻladi. 3. 19-asrda saroy amaldorlarining kiyimlarini tayyorlashda keng qoʻllangan. Hozir 3., asosan, guldoʻzi usulida bezatiladigan buyumlarning ayrim boʻlaklarini tikishda ishlatiladi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |