Kontent qismiga oʻtish

Zamira Davletmuratova

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Zamira Davletmuratova (1955.21.6, Nukus) — Oʻzbekiston xalq artista (1992). Leningrad akademik xoreografiya bilim yurtini tugatgan (1975). 1975-yildan Alisher Navoiy nomidagi opera va balet teatrida balet artisti. Mariya ("Boqchasaroy favvorasi") uning sahnadagi ilk obrazidir. Eng yaxshi rollari: Frigiya ("Spartak"), Medora ("Korsar"), Jizel Oʻ. Davletova. Ubike rolida ("Kelin"), ("Jizel"), Taxmina ("Rustam haqida doston"), Suxani ("Sevgi tumori"), Toʻmaris ("Toʻmaris"), Xonim qiz ("Xonim qiz va bezori"), Odetta-Odiliya ("Oqqush koʻli"), Avrora ("Uyqudagi goʻzal"), Raymonda ("Raymonda"), Layli ("Layli va Majnun"), Shirin ("Sevgi afsonasi"), Komdi ("Ikki dil dostoni"), Shahrizoda ("Ming bir kecha") va b. D. ijodi romantik yoʻnalishi, hishayajonga tulaligi, musiqaviyligi, yaratgan obrazlari toʻlaqonliligi, mexr-muhabbat bilan yoʻgʻrilganligi, raqs harakatlari orqali qahramonining ichki va tashqi kechinmalarini tomoshabinga mohirona yetkaza bilishi bilan ajralib turadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil