Kontent qismiga oʻtish

Zamira Nishanova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Zamira Nishanova
Tavalludi 14-dekabr 1961-yil (1961-12-14) (63 yosh)
Zangiota tumani, Toshkent viloyati, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Ish joylari Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti
Taʼlimi Toshkent davlat universiteti
Ilmiy darajasi psixologiya fanlari doktori
Ilmiy unvoni professor

Zamira Taskarayevna Nishanova (1961-yil 14-dekabr, Zangiota tumani, Toshkent viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olima, psixologiya fanlari doktori, professor

Zamira Nishanova 1961-yil 14-dekabr Zangiota tumani Nazarbek qishlogʻida xizmatchi oilasida tugʻilgan. 1978—1984-yillarda Toshkent davlat universiteti falsafa-iqtisod fakulteti psixologiya boʻlimini tugatgan[1]. 1990—1991-yillarda Toshkent davlat pedagogika instituti „Umumiy psixologiya“ kafedrasi qoshida tashkil etilgan „Maktabda psixologik xizmatni tashkil etish“ ilmiy laboratoriyada kichik ilmiy xodim, 1991—1993-yillarda aspirant, 1993—2000-yillarda „Umumiy psixologiya“ kafedrasi oʻqituvchisi, 1999—2002-yillarda Nizomiy nomidagiToshkent davlat pedagogika universiteti doktoranti, 2003—2005-yillarda „Psixologiya“ kafedrasi, 2008—2010-yillarda „Umumiy psixologiya“ kafedrasi mudiri vazifasini bajaruvchi lavozimida faoliyat yuritgan. 2008-yildan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti professori[1].

Ilmiy faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1993-yilda „Yuqori sinf oʻquvchilarining aqliy faoliyat usullari va yoʻllarini egallash“ mavzusida pnomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2005-yilda „Mustaqil ijodiy fikrlashning psixologik asoslari“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasni yoqlab, psixologiya fanlari doktori ilmiy darajasini olgan. 2000-yilda dotsent, 2008-yilda professor ilmiy unvoni berilgan[1]. Yigirmadan ortiq monografiya, oʻquv qoʻllanma va darsliklar muallifi. 2016-yilda Xalqaro psixologlar asosisyasiyasi tomonidan Zamira Nishanovaga akademik unvoni berilgan[1].

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi, 2-tom (oʻzbekcha), Toshkent: Science and Innovation, 2023 — 383-bet.