Zamonaviy beshkurash
Zamonaviy beshkurash - sport koʻpkurashi. Ot ustida toʻsiqlardan oʻtish, qilichbozlik (birinchi sanchguncha olishuv), pistoletdan oʻq uzish (4 karra 20 tadan otish), suvda suzish (300 m ga erkin uslubda) va yengil atletika krossi (4 km masofaga)ni oʻz ichiga oladi. Yuqoridagicha tartibdagi musobaqalar 5 kun mobaynida — bir kunda bittadan tur boʻyicha oʻtkaziladi. Sportamaliy mashqlari boʻyicha kompleks musobaqalar qad. zamonlardan maʼlum (maye. Yunoniston olimpiya oʻyinlaridagi pentatlon — "pent" — besh, "atlon" — kurash). 3. b. 19-asr 2yarmida Shvetsiyada paydo boʻlgan. 1948-yildan shu nomda. Xalqaro 3. b. va biatlon uyushmasi (UIPMB, 1948-yil tuzilgan)ga 70 dan ziyod mamlakat aʼzo. Oʻzbekiston 1991-yilda qabul qilingan. 1912-yildan olimpiya oʻyinlari dasturiga kiritilgan. 1949-yildan jahon birinchiligi oʻtkazib turiladi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vikipediyada «Sport» loyihasi bor |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |