Kontent qismiga oʻtish

Zanjabil

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Zanjabil (Zingiber offi cinale) – bir pallalilar sinfiga, zanjabildoshlar oilasiga mansub, yoʻgʻon ildizpoyali koʻp yillik oʻt oʻsimlik. Asosan, tropik va subtropiklarda tarqalgan. Jan. va Jan. Zanjabil Janubi-Sharqiy Osiyoda paydo boʻlgan va birinchi boʻlib, keyinchalik madaniylashtirilgan. Butun Hind-Tinch okeani boʻylab Gavayi orollarigacha tarqalgan.. Zanjabil Osiyodan eksport qilingan birinchi ziravor oʻsimliklardan biri boʻlib, Yevropaga ham maqsadda olob kelingan va qadimgi yunonlar va rimliklar tomonidan ishlatilgan. Zanjabil oʻsimligi 2000 yildan koʻproq vaqt oldin oʻzining shifobaxsh xususiyatlari bilan tanilgan.

Oʻsimlikning dorivorligi haqdagi birinchi malumotlar qadimgi Xitoy qoʻlyozmalarida topilgan. Bundan tashqari, qadim zamonlardan beri Hindistonda zanjabil ayniqsa mashhur boʻlib kelgan. Savdogarlar oʻsimlik haqidgi maʼlumotni yashirib, zanjabil Qizil dengizning narigi qirgʻogʻida joylashgan trogloditlar yirida oʻsadi, degan afsonalarni yaratishgan. Yunonlar bu oʻsimlikni hazim qilish va ozish uchun ishlatishgan. Bundan tashqari, qadimgi zamonlardan beri zanjabil koʻngil aynishiga qarshi eng yaxshi dori sifatida tanilgan. Hozirgi vaqtda zanjabilning asosiy ishlab chiqaruvchilari Xitoy va Hindiston shuningdek u Yaponiya, Nigeriya, Gʻarbiy Afrika, Avstraliya, Argentina, Barbados va Seylonda etishtiriladi. Zanjabil tabiiy holda tabiatda koʻp uchramaydi, shuning uchun uni ekin maydonlari va uy sharoitida oʻstirish mumkun. 2019-yilda zanjabilning jahon ishlab chiqarishi 4,1 million tonnani tashkil etdi, bunda dunyoning 44 foizini Hindiston hissasiga toʻgʻri keladi.

Sharqiy Osiyoda oʻstiriladi. 3. yer osti tanasining hamma qismida efir moyi bor. Qurigan ildizi xushboʻy hidli va mazali boʻlib, efir moyiga boy. Maydalanmagan Z.ning xushboʻy hidi maydalanganiga nisbatan uzoq saqlanadi. Tuyib elaki qilingan talqoni tabobatda jigar, yurak, meʼda xastaligini davolashda ishlatiladi (asal bilan birga choynakka damlab ichiladi). Oziqovqat sanoatida konditer mahsulotlari ishlab chiqarishda va pazandachilikda baʼzi ovqatlarga (pishish oldidan) maydalangan holda ziravor sifatida ishlatiladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil