Kontent qismiga oʻtish

Zarema

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Zarema
Tavalludi 1983-yil
Kasbi musiqachi, aktrisa, bastakor

Zarema Xalilova (Зарема Халілова) – qrim-tatarlardan boʻlgan amerikalik qoʻshiqchi[1], qoʻshiq muallifi va aktrisa. U SSSRdagi etnik tozalash davrida Qora dengizdan badargʻa qilingan qrim tatarlari Oʻzbekistonga deportatsiya qilingan bir paytda tavallud topgan. Faqat 1989-yilda, SSSR parchalanganidan soʻng, Qrim tatarlariga Qrimdagi vatanlariga qaytishga ruxsat berilgan[2].

Ukrainaning Kiyev shahridagi Milliy teatr, kino va televideniye universitetida drama teatri va kino aktyorligi boʻyicha bakalavr darajasini olgan. Zarema turk tilida koʻplab qoʻshiqlar yozgan va 2007-yilda „Sony BMG Music Entertainment Turkey“ bilan ovoz yozish shartnomasini imzolagan. U bir yilga Istanbulga yashash uchun koʻchib oʻtgan. Zarema u yerda oʻzining turkiy tilidagi debyut albomini chiqargan[3] va Yevropadagi tanqidchilarning olqishiga sazovor boʻlgan. Uning „Attack“ klipi Turkiyadagi koʻplab telekanallarda birinchi raqamli musiqiy video maqomiga chiqqan. Klip Kral TV, Genç TV, MTV, Number One TV va Viva! telekanallarida va Youtube.com saytida 400 000 marta koʻrilgan Turkiyadagi birinchi video boʻlgan[4][5][6].

Xalilova 2008-yil oxirida Kaliforniyaning Los-Anjeles shahriga koʻchib oʻtgan va 2012-yilda AQSh fuqaroligini olgan. U ingliz tilida ham koʻplab qoʻshiqlar yozgan, ularning bir qismi Amerikaning koʻplab radiostansiyalarida katta eʼtiborga sazovor boʻlgan[7].

Teatr va kino yoʻnalishi boʻyicha maʼlumotga ega boʻlgan Zarema AQShda aktyorlik karyerasini ham davom ettirgan. Hollywooddagi Stella Adlerning aktyorlik kursini tugatgan va mashhur aktyorlar bilan tahsil olgan. U 2009-yilda Amerika televidenie va radio sanʼatkorlari federatsiyasiga aʼzo boʻlgan[8].

Rus, turk, ukrain, qrim-tatar va ingliz tillarini yaxshi biladigan Zarema Gollivuddagi koʻplab mashhur filmlar va telekoʻrsatuvlarda suratga tushgan[9].

Taʼlim va faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Zarema Ukrainaning Kiev shahridagi [[Kievdagi Milliy Teatr, kino va televidenie universiteti|Teatr, kino va televideniye Milliy universiteti]] tahsil olgan hamda u yerda dramatik teatr va kino aktyorligi boʻyicha bakalavriatni tamomlagan.

Keyingi yili Zarema taniqli ukrainalik musiqa prodyuseri Mixail Nekrasov bilan uchrashib, u bilan hamkorlikda „Savash“ va „Hop Soyle“ qoʻshiqlarini yozdi. Turk tilida yozilgan bu ikkala qoʻshiq ham tanqidga uchragan boʻlsada[10][11][12] musiqa kanallari va Yevropa, Osiyo, Kanada va Isroilning koʻplab mamlakatlaridagi tungi klublarda keng tarqalgan[13]. Qoʻshiqchi Zarema turli radiostansiyalar va teledasturlarda jonli chiqishlar qildi.

Zarema ijro etgan „Savash“ va „Hop Soyle“ kuyining muvaffaqiyati shundaki, u Sony ismli turkiyalik qoʻshiqchi eʼtiborini tortdi hamda oxir-oqibat oʻzining turk tiidagi debyut albomini yozish uchun Sony bilan ovoz yozish shartnomasini imzoladi. Musiqa va soʻzlarini oʻzi yozib, soʻng turkiyalik afsonaviy prodyuser Ozan Colakoglu[14] va uning ishlab chiqaruvchi kompaniyasi, Sarı Ev (Sariq uy), hamda Mustafo Checheli, Ozgur Buldum boshqa taniqli turk ishlab chiqaruvchilari[15] uningning debyut albomini yaratdi va targʻib qilishdi[16].

Zarema Atak uchun Kiyevda taniqli ukrainalik video rejissyor Alan Badoyev bilan klip suratga oldi[17]. Video koʻpchilik tomonidan koʻrilib, Zarema turkiyaliklar orasida YouTubeʼda 400 000 tomoshadan oshgan birinchi qoʻshiqchi boʻldi. 2008-yilda uning videosi Turkiyaning barcha eng mashhur musiqa kanallari, jumladan Kral, Genc TV, Viva TV, Number One TV va Dream TV kanallarida birinchilikni qolga kiritdi.

Zaremaning musiqasi ommaviy axborot vositalarida katta shov-shuvga sabab boʻlib, koʻplab gazetalarda chop etildi[18], qolaversa, jurnallar, jumladan, Hurriyet, Milliyet, Sabah, Vatan, Takvim va boshqalarning muqovasida chiqadi.

Zarema oʻz albomini targʻib qilishda dunyoning koʻplab taniqli joylarida konsertlar bergan holda, Bokuda 10 000 tomoshabin, Ozarbayjon va Moskvadagi 20 000 ming kishilik Olimpiyada stadionda chiqish ham qildi[19][20] [21].

  1. „Tüm dünya beni Türk olarak tanıyacak“. hurriyet.com.tr. 14 квітня 2016da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14 вересня 2017.
  2. „UNIAN: News of Ukraine this year - the last days in Ukraine“ (en). www.unian.info. Qaraldi: 2023-yil 30-noyabr.
  3. „Крымскотатарская певица Зарема покорила Турцию“. 28 листопада 2018da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29 липня 2020.
  4. „SABAH - 7 Şubat 2008, Perşembe - YouTube'un yeni yıldızı“. arsiv.sabah.com.tr. Qaraldi: 2023-yil 30-noyabr.
  5. „YouTube'un yeni yıldızı“ (tr). Gazete Vatan (2008-yil 8-fevral). Qaraldi: 2023-yil 30-noyabr.
  6. „Youtube'nin yeni starı! VİDEO“. www.haberturk.com (2008-yil 7-fevral). 2022-yil 8-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 30-noyabr.
  7. „Zarema lansează Night Of My Life – primul single al artistei din 2018“. 28 листопада 2018da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29 липня 2020.
  8. „Zarema ABD yolcusu“ (tr). www.hurriyet.com.tr (2008-yil 8-avgust). Qaraldi: 2023-yil 30-noyabr.
  9. „Tüm dünya beni Türk olarak tanıyacak“. hurriyet.com.tr. 3 березня 2016da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14 вересня 2017.
  10. „Obshchie parametry rotatsii vseh trekov ispolnitelya na radiostantsiyax, rabotashchix v sisteme“. Tophit.ru. 2016-yil 13-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27 avgust 2012-yil.
  11. .sabah.com.tr/2008/08/08/gny/haber,B708B2D0A50942A7B1DAE2C763A23F30.html „Günaydın – 8 Avgust 2008, Cuma – Zarema hozir Amerikada!“. Arsiv.sabah.com.tr (8-avgust 2008-yil).[sayt ishlamaydi]
  12. tr/goster/ShowNew.aspx?id=9605831 „Zarema ABD yolcusu“. Hurarsiv.hurriyet.com.tr (22 avgust 2011). Qaraldi: 27 avgust 2012.
  13. „Ispolnitel – Zarema“. tophit.ru. 2016-yil 13-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27 avgust 2012-yil.
  14. bilan hamkorlik qilgan. ShowNew.aspx?id=8179509 „Kirimning Shakirasi“. Hurarsiv.hurriyet.com.tr (22-avgust 2011-yil). Qaraldi: 27-avgust 2012-yil.
  15. „Ukrayna'dan bir ses“. Hurarsiv.hurriyet.com.tr (27-noyabr 2007). 2004-yil 8-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-avgust 2012.
  16. Zarema. „Zarema: MP3 yuklamalar“. Amazon.com. Qaraldi: 2012-yil 27-avgust.
  17. „Zarema – Atak (Video Version Haci Ceceli)“. YouTube.
  18. „Jorj Micheal'la Duet Yapacak“ (14-iyun 2008).
  19. „Super Poligon: Tarkan'ın Baku Konseri : Ön kreslo 700 evro, merdiven 400 dollar“. Superpoligon.com. 2008-yil 27-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27 avgust 2012.
  20. „novosti shou-biznesa“. tophit.ru. 2018-yil 27-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27 avgust 2012.
  21. „Charshamba – Aşk dedikodulari yüzünden yana yana gelmediler“. Arsiv.sabah.com.tr (16 iyul 2008). Qaraldi: 27 avgust 2012.[sayt ishlamaydi]