Kontent qismiga oʻtish

Zargʻaldoq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Zarg‘aldoqdan yoʻnaltirildi)
Zargʻaldoq
Oriolus oriolus kundoo kenja turining nar vakili, Pokiston
Muhofaza maqomi
Biologik klassifikatsiya
Domen: Eukariotlar
Olam: Hayvonlar
Tip: Eukariotlar
Sinf: Qushlar
Turkum: Chumchuqsimonlar
Oila: Zargʻaldoqsimonlar
Triba: Zargʻaldoqlar
Urugʻ: Zargʻaldoq
Binar nomi
Oriolus oriolus
(Linnaeus, 1758)

Zargʻaldoq (lotincha: Oriolus oriolus) – kichik yorqin rangli patlarga ega qush, shimoliy yarim sharning moʻtadil iqlimida keng tarqalgan Oriolidae oilasining yagona vakili. Yevropada (shimoliy hududlari tashqari), Onadoʻlida, Markaziy va Janubiy Osiyoda, sharqda Moʻgʻuliston va Xitoyning gʻarbiy chekkalarida, Sibirning oʻrmon zonasidan Yeniseyning bosh manbasigacha boʻlgan hududlarda keng tarqalgan[1]. Sayroqi va harakatchan, umrining koʻp qismini daraxtlarning bargli tepa qismida oʻtkazadi. Yolgʻiz yoki juft holda uchraydi. Qurt-qumursqa va boshqa hasharotlar, shuningdek, rezavorlar bilan oziqlanadi. Uzoq masofalarga koʻchib yuradi, qishni Osiyo va Sahroi Kabirdan tortib janubiy Afrikaning tropiklarigacha boʻlgan hududda oʻtkazadi. Koʻrinishi odddiy.

Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqining maʼlumotlariga koʻra, ushbu tur populyatsiyasi moʻtadil. Soʻnggi yillarda qushlarning umumiy populyatsiyasi kamayganiga qaramay, oʻsish dinamikasi hozirda turni zaif turlar qatoriga qoʻshish uchun yetarli emas. Xalqaro Qizil kitobda zargʻaldoq minimal xavf ostidagi tur maqomiga ega (LC toifasi).

Jussasi oddiy chugʻurchuqdan bir oz kattaroq: uzunligi 24-25 sm, qanotlari taxminan 45 sm, vazni 50-90 g[2][3]. Tanasi biroz choʻziq shaklda. Jinsiy dimorfizm tufayli nar va moda bir-biridan sezilarli darajada farq qiladi. Narning patlari oltin sariq, qanotlari va dumi qora. Quyrugʻining chetida, shuningdek, qanotlarda kichik sariq dogʻlar koʻzga tashlanadi. Tumshugʻidan koʻzgacha qora chizigʻi bor – turlarga qarab, koʻz orqasiga tomon uzayishi yoki qisqarishi mumkin (rasmga qarang). Modaning ustki qism patlari yashil-sariq, pastki qism patlari esa oq rangli quyuq uzun chiziqlar. Qanotlari yashil-kulrang. Ikki jinsning tumshugʻi ham jigarrang yoki qizil-jigarrang boʻlib, ancha uzun va mustahkam. Qorachigʻi qizil rangda. Yosh qushlar koʻproq urgʻochilarga oʻxshaydi, lekin xira va quyuq patlari bilan ajralib turadi. Juda harakatchan qush, daraxtlarning zich barglari orasida tez va shovqinsiz shoxdan shoxga sakrab harakatlanadi. Parvozi tez va toʻlqinsimon, qizilishton yoki shaqshaqlarnikiga oʻxshab ketadi. Oʻrtacha parvoz tezligi soatiga 40-47 km ni tashkil qiladi, ammo bir-birini taʼqib qilayotgan nar 70 km / soat tezlikka yetishi mumkin[4]. Kamdan-kam hollarda ochiq maydonga uchadi, ammo narlar baʼzan juftlashish davrida shoxda oʻtirib turli koʻrinishda harakatlanadi.

  1. Jizn jivotnix. T.6. Ptitsi / Pod red. V. D. Ilicheva. A. V. Mixeeva.- M.: Prosveщenie,1986. −527 s.
  2. Коблик 2001.
  3. Рябицев 2001.
  4. Walther & Jones 2008, s. 722.
  • Коблик Е. А. Разнообразие птиц (по материалам экспозиции Зоологического музея МГУ. — Изд. МГУ, 2001. — ISBN 5-211-04072-4.
  • Рябицев В. К. Птицы Урала, Приуралья и Западной Сибири: Справочник-определитель. — Екатеринбург : Изд-во Уральского университета, 2001. — ISBN 5-7525-0825-8.
  • Walther B. A.; Jones, P. J. Family Oriolidae (Old World orioles). — Handbook of the birds of the world. — Lynx Edicions. — Nashr  Handbook of the birds of the world. — 860 p. — ISBN 978-8496553453.