Zayd Zahhob
Qiyofa
Zayd Zahhob – “Sabʼayi sayyor” dostonidagi ikkinchi hikoyat qahramoni. Rum shohi saroyi zargari, suhbatdoshi va tabibi. “Zayd” soʻzi “koʻpaytirish”, “qoʻshish” kabi maʼnolari bilan ham hikoya qahramoni feʼl-atvoriga mos tushadi.
Hikoyatda tasvirlanishicha, u shohga oltin taxt yasashni taklif qiladi, lekin uni aldab, oltin oʻrniga kumush bilan qoplangan taxt yasab beradi. Rum podshosi bu hiyla va yolgʻonni sezib qolgach, uni zindonga tashlaydi. Zindondan qochib chiqqach, butparastlar yurtiga borib, ularning ibodatxonasida butparast ruhoniy sifatida xizmat qiladi. Zayd Zahhob u yerda ham oltin butlarni sekin-asta soxtasiga almashtirib, kemada oʻz yurtiga olib keladi va bemor yotgan shohni davolab, yana uning ishonchiga kiradi[1][2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |