Zbignev Bjezinskiy
Qiyofa
BJEZINSKIY (Brzezinski) Zbignev (1928.28.3, Varshava — 26.5.2017, Falls Church, Virjiniya, Amerika Qoʻshma Shtatlari[1])—amerikalik sotsiolog, davlat arbobi; 1977—81 yillarda AQSH prezidenta J. Karterning milliy xavfsizlik boʻyicha yordamchisi. 70- yillarda amerika jamiyatini postindustrial jamiyat koʻrinishlaridan biri boʻlgan texnotron davr deb atalgan eraga kirish nazariyasini ilgari surgan. Neokonservatizm namoyandasi. B. kommunizmni keskin tanqid qilib chiqqan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |