Kontent qismiga oʻtish

Zelman Manuklin

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Zelman Mendeleyevich Manuklin (1896, Poltava viloyati — 1968, Toshkent) — kimyogar, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1966). Kime fanlari doktori (1957), professor (1958). Oʻrta Osiyo universitetida (1931 —39), Toshkent farmatsevtika institutida (1939—57) ishlagan, shu institut organik kimyo kafedrasi mudiri (1958—68). Ilmiy ishlari ele-mentorganik birikmalar kimyosiga oid. Uning rahbarligida 400 dan ortiq yangi kimyoviy birikmalar sintez qilingan. [1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil