Zenitteleskop
Qiyofa
Zenitteleskop - zenit atrofidagi yulduzlarning zenitdan uzoqliklarini oʻlchashda qoʻllaniladigan astronomik asbob. Joyning kengligini aniklash uchun ishlatiladi. Teleskop azimutal qurilmaga oʻrnatilgan boʻlib, uning fokal tekisligiga okulyar mikrometr mahkamlangan. Z.t. ning ufqqa nisbatan holati 2 ta maxsus vaterpas (shayton) bilan nazorat qilinadi. Joyning kengligi ±0,10’ — ±0,15’ anikdikda topiladi. Oʻzbekistonda Astronomiya institutining Kitobdagi filialida Bamberg va ZTL180 rusumli Z.t. ishlatiladi. Uning obyektiv diametri 180 mm, fokus masofasi 2360 mm. [1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |