Zenon Eleyalik
Eleyalik Zenon | |
---|---|
Jan de Bissop tomonidan Eleyalik Zenon portreti (1628-1671) | |
Tavalludi |
miloddan avvalgi taxminan 490-yil |
Vafoti |
miloddan avvalgi 430-yil Eleya |
Taʼlimi | Eleyaliklar maktabi |
Zenon Eleyalik (miloddan avvalgi taxminan 490—430, Eleya, Janubiy Italiya) — Suqrotgacha boʻlgan yunon faylasufi boʻlgan.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Zenon Parmenidning shogirdi va Eleyalik shaxslardan biri boʻlgan. Eleya shahrida tugʻilgan. Zenon oʻqituvchisining monizmga boʻlgan eʼtiqodini, yaʼni butun voqelikni tashkil etuvchi faqat bitta mavjudot mavjudligi haqidagi gʻoyasini maʼqullaydi. Zenon falsafasi bugungi kunda ham muhokama qilinmoqda va faylasuflar Zenonning paradokslariga hech qanday yechim topishmagan. Zenonning paradokslari qadimgi va yangi davrda falsafa va matematikaga taʼsir koʻrsatgan.
Ijodi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Zenon makon, vaqt va harakatning mavjudligini rad etgan. Ushbu tushunchalarni rad etib, Zenon nimaga bu mumkin emasligini koʻrsatish uchun bir qator paradokslarni ishlab chiqdi. Uning asl yozuvlari yoʻqolgan. Zenonning asl fikrlaridan parchalar mavjud emas. Platon, Aristotel, Diogen Laertius va Kilikiyalik Simplisiuslarning taʼriflari Zenonning gʻoyalarini oʻrganishga imkon berdi. Eleya maktabi namoyandasi. Parmenidning oʻzgarmas, boʻlinmas borliq haqidagi taʼlimotini rivojlantirdi, oʻzining 45 paradoksi (aporiya)ni olgʻa surdi. Aristotel Zenonni dialektika asoschisi deb hisobladi. Zenonning fikricha, haqiqatga bahs yuritish yoki qarama-qarshi fikrlarni talqin etish orqali erishiladi (u oʻz taʼlimotini suhbat shaklida ifoda etgan). Zenon „Axilles“, „Oʻq“ kabi paradokslari bilan mashhur boʻlgan[1]. Zenon taxminan miloddan avvalgi 460-yillarda faqat bitta kitob yozgani maʼlum[2]. Bu kitob Parmenidning yozganlarida keltirilgan[3]. Aflotunning yozishicha, kitob Zenonning ruxsatisiz oʻgʻirlangan va nashr etilgan[4]. Zenon paradokslarini Aristotel oʻzining „Fizika“ kitobida qayd etgan[5]. Zenon falsafasi bugungi kunda ham muhokama qilinmoqda va faylasuflar Zenonning paradokslariga hech qanday yechim topishmagan. Zenonning paradokslari qadimgi va yangi davrda falsafa va matematikaga taʼsir koʻrsatgan.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ Vlastos 1995, s. 241.
- ↑ Sanday 2009, s. 209.
- ↑ Palmer 2021.
- ↑ Strobach 2013, s. 30.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |