Zerendi
Zerendi qoz. Зеренді | |
---|---|
qishloq | |
52°54′0″N 69°9′0″E / 52.90000°N 69.15000°E | |
Mamlakat | Qozogʻiston |
viloyat | Oqmoʻla viloyati |
{{{tuman_turi}}} | Zerendi tumani |
Hukumat | |
Asos solingan | 1824 |
Iqlim turi | keskin kontinental |
Aholisi (2010) |
8,369 |
Vaqt mintaqasi | UTC+6 |
Telefon kodi | +7 71632[1] |
Pochta indeks(lar)i | 021200[2] |
Avtomobil kodi | C, 03 |
|
Zerendi — qihsloq, Oqmoʻla viloyati Zerendi tumanining maʼmuriy markazi. Zerendi koʻlining sharqiy qirgʻogʻida joylashgan. Aholisi 8,3 ming kishi (2010). Poydevori 1824-yili qurilgan.
Aholisi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1999-yil qishloq aholisi 7,698 kishini (3814 nafari erkaklar va 3884 nafari ayollar)[3], 2009-yilda esa qishloq aholisi 7,083 kishini tashkil qildi (3388 nafari erkaklar va 3695 nafari ayollar)[3].
Sanoati
[tahrir | manbasini tahrirlash]1997-yilda Zerendida gʻalla qabullash punkti, shirkat, sut zavodi, chorva xoʻjaliklari, MChJ lar tashkil topgan. Hozirgi kunda Zerendida: non zavodi, turli kombinatlar faoliyat yuritmoqda.
Ijtimoiy soha
[tahrir | manbasini tahrirlash]Zerendida umumiy bilim beruvchi 4 ta maktab, kutubxona, madaniyat uyi, kinoteatr, shifoxona, kasalxona, dorixona, sanepidemiya statsiyasi, qurilish va avtomabil mahkamalari, baliq pitomnigi bor. Kemgash Ittifoqining qahramoni M. Gʻabdullinning muzey uyi faoliyat yuritadi. Zerendi togʻining etagida yozgi oromgoh, 2 ta xordiq uyi joylashgan. Qishloq hududi orqali Koʻkchatov — Otbosar avtomobil yoʻli oʻtadi [4]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Телефонные коды“. 2021-yil 14-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 12-noyabr.
- ↑ „Почтовые индексы Казахстана“. 2013-yil 22-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 12-noyabr.
- ↑ 3,0 3,1 „Итоги Национальной переписи населения Республики Казахстан 2009 года“. Агентство Республики Казахстан по статистике. 2013-yil 27-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 25-fevral. (WebCite saytida 2013-02-27 sanasida arxivlangan)
- ↑ Qozoq Ensiklopediyasi,4 tom 3 boʻlim
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Отели и новости Зеренды
- http://www.zerenda.kz (Wayback Machine saytida 2018-08-09 sanasida arxivlangan)
- Отдых на озере Зеренда (Wayback Machine saytida 2013-05-25 sanasida arxivlangan)