Kontent qismiga oʻtish

Zero to One

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Zero to One: Notes on Startups, or How to Build the Future (Noldan birga. Startaplar haqida qaydlar yoxud kelajakni qanday qurish mumkin.)
Muallif(lar) Peter Thiel va Blake Masters
Mamlakat Amerika Qoʻshma Shtatlari
Til inglizcha
Janr(lar)i Biznes, siyosat va hokimyat
Nashr etilgan sanasi 2014-yil 16-sentyabr
Nashriyot Crown Business
ISBN 978-0804139298
Veb-sayt http://zerotoonebook.com

"Zero to One: Notes on Startups, or How to Build the Future (Noldan birga. Startaplar haqida qaydlar yoxud kelajakni qanday qurish mumkin) " kitobi 2014-yilda Amerikalik tadbirkor va invertor Peter Thiel tomonidan Blake Masters bilan hammualliflikda yozilgan. Bu kitob Thiel tomonidan 2012-yilning bahorida Stanford universitetida oʻqitilgan va CS183 magistrlari tomonidan startaplar boʻyicha yigʻilgan mashhur onlayn eslatmalarning ixchamlashtirilgan va yangilangan shaklidir[1].

Kitobni targʻib qilish maqsadida Peter Thiel oʻzining birinchi (va yagona) tvitini 2014-yil 8-sentyabrida joylagan. Shuningdek TechCrunch muhbiri Alexia Tsotsis Peter Thieldan intervyuv olgan[2].

9-sentyabr kuni Timoti Ferrisning podkastida Thiel bilan intervyu boʻlib oʻtgan va 11-sentyabrda Reddit platformasidagi „Ask Me Anything“ ruknidagi savollarga javob bergan[3][4][5][6].

13-sentyabr kuni Thiel NPR kanalida Wade Goodwyn boshlovchilik qilgan shouda kitobni muhokamasi boʻlib oʻtgan[7].

Jamoatchilik fikri

[tahrir | manbasini tahrirlash]

"The Atlantic" jurnalidagi ishlaydigan Derek Thomson Thielning kitobini u oʻqigan eng yaxshi kitoblardan biri ekanligini aytgan va oʻzining kitob haqidagi xulosasida shunday degan: „Peter Thielning Zero to One kitobi huddi lazer nuri kabi yorqin porlaydi. Ha, bu kitob kelajakni faqat startaplar qura oladigan kelajakka kuchli ishonadigan tadbirkorlar uchun qoʻllanmadir. Bundan tashqari, kitobda 21-asr iqtisodiyotidagi muvaffaqqiyat va kapitalizm yaqqol ifodalangan.“ va " „Zero to One“ soddaligi bu shunchaki hayratlanarlidir. Atiga 200 sahifaga ega kitob aniq nasr va mazmunli aforizmlar bilan yoritilgan va Thielning kitobi odamni tinimsiz oʻylashga majbur qiladi."[8].

Publishers Weekly jurnalida kitob haqida shunday yozilgan: „Thiel qanday qilib muvaffaqqiyatli biznes qurish haqida gapirgan ammo u yerdagi muhokamalar kelajakdagi Steve Jobs yoki Peter Thiellar uchun koʻp narsa taklif qila olmaydi.“[9]

2014-yilning noyabr oyida Timothy B. Lee ning Vox.com uchun yozgan tanqidida, Thielning kitobida baʼzi yaxshi eshitiladigan ammo haqiqatdan uzoqroq boʻlgan maslahatlar keltirilgan boʻlib, ayrim shubhali va savollar keltirib chiqaradigan daʼvolari ham mavjud[10].

  1. Masters, Blake „Notes Essays—Peter Thiel’s CS183: Startup—Stanford, Spring 2012“. 2013-yil 20-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 13-sentyabr.
  2. Buhr, Sarah. „Peter Thiel Tweets“. TechCrunch (2014-yil 8-sentyabr). Qaraldi: 2014-yil 14-sentyabr.
  3. „Peter Thiel, technology entrepreneur and investor. AMA“. Reddit (2014-yil 11-sentyabr). Qaraldi: 2014-yil 13-sentyabr.
  4. „Peter Thiel Reveals His Favorite Rap Artist and More in a Reddit AMA“. Slate. September 11, 2014. Qaraldi: September 14, 2014.
  5. Ferenstein, Gregory. „Peter Thiel goes after net neutrality, Uber, Bitcoin, and Hollywood (in 4 quotes)“. VentureBeat (2014-yil 11-sentyabr). Qaraldi: 2014-yil 14-sentyabr.
  6. Ferriss, Timothy „The Tim Ferriss Show: Interview with Peter Thiel, Billionaire Investor and Company Creator“ (2014-yil 9-sentyabr). Qaraldi: 2014-yil 14-sentyabr.
  7. „Peter Thiel In 'Zero To One': How To Develop The Developed World“. NPR (2014-yil 13-sentyabr). Qaraldi: 2014-yil 14-sentyabr.
  8. Thompson, Derek „Peter Thiel's Zero to One Might Be the Best Business Book I've Read“ (en-US). The Atlantic (2014-yil 25-sentyabr). Qaraldi: 2019-yil 9-noyabr.
  9. „Zero to One: Notes on Startups, or How to Build the Future (book review)“. Publishers Weekly. August 11, 2014. Qaraldi: September 14, 2014.
  10. Lee, Timothy B. „How Peter Thiel repackaged conventional wisdom as bold contrarianism“. Vox.com (2014-yil 30-noyabr). Qaraldi: 2014-yil 19-dekabr.