Zeynel Abidin masjidi va majmuasi
Qiyofa
Zeynel Abidin masjidi majmuasi (turkcha: Zeynel Abidin Camii ve Külliyesi) Turkiyaning janubi-sharqidagi Mardin viloyati Nusaybin shahridagi tarixiy-diniy qurilish majmuasi.
Majmua Mardin viloyatining Nusaybin ilchesida (tuman) joylashgan. Bino imom Zeynel Abidin sharafiga shunday nomlangan. Bino hududidan topilgan bir qancha yozuvlarga koʻra inshoot 1159-yilda bunyod etilgan. Majmua tarkibiga masjid, madrasa va Zeynel Abidinning qabri kiradi.
Jahon merosi maqomi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu hudud yaqin atrofdagi Mor Yakup cherkovi bilan birgalikda 2014-yilning 15-aprelida madaniy yodgorlik sifatida UNESCOning jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan[1].