Kontent qismiga oʻtish

Zeynep Sulton masjidi

Koordinatalari: 41°0′34.92″N 28°58′44.40″E / 41.0097000°N 28.9790000°E / 41.0097000; 28.9790000
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Zeynep Sultan masjididan yoʻnaltirildi)
Masjid
Zeynep Sultan masjidi
turkcha: Zeynep Sulton Camii
Zeynep Sultan masjidi
Mamlakat  Turkiya
Istanbul Alemdar Caddesi koʻchasi
Koordinatalar 41°0′34.92″N 28°58′44.40″E / 41.0097000°N 28.9790000°E / 41.0097000; 28.9790000
Yoʻnalishi sunniy
Masjid turi Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Usmonli meʼmorchiligi
Meʼmor Mehmet Tohir ogʻa
Binokorlik sanasi 1769 yil
Minoralar soni 1
Minoralar soni 1

Zeynep Sultan masjidi (turkcha: Zeynep Sulton Camii) – 1769-yilda[1] Ayazma masjidi meʼmori Mehmet Tohir ogʻa tomonidan Ahmad III ning qizi Zeynep Sulton uchun qurilgan masjid. Inshoot oʻzining meʼmoriy uslubi va qurilishida ishlatilgan materiallar bilan Vizantiya cherkovlarini esga soladi[2].

Zeynap Sulton masjidi Istanbul shahri Alemdar Caddesi koʻchasi, Gülhane bogʻi (talaffuzi: Gulhane bogʻi) qarshisida, Sofiya ibodatxonasidan unchalik uzoq boʻlmagan hududda joylashgan boʻlib, shahar boʻylab harakatlanadigan tramvaydan koʻrinib turadi. Masjidning orqa tomonida bir vaqtlar maktabxona, hozir esa boshlangʻich maktab sifatida foydalanilayotgan bino bor. Avvallari sevil sifatida ishlatilgan, Hamidiye bulogʻi (turkcha: Hamidiye Çeşmesi) nomi bilan ham tanilgan qism hozirda yopib tashlangan. Masjid roʻparasida favvora joylashgan boʻlib, ushbu favvora aslida Abdulhamid I kulliyasining bir qismi boʻlgan. Bu yerga esa 1920-yillarda olib kelingan.

Usmonli imperiyasining harbiy qahramonlaridan biri Alemdar Mustafo poshoning qabri masjidning hazîresida (masjidlarda panjaralar bilan oʻralgan qabr) joylashgan, yoʻl qurilishi tufayli Zeynep Sultonning qabri yertoʻlada saqlanmoqda. Selim III ning sadr vaziri va Zeynep Sultonning ikkinchi turmush oʻrtogʻi Melek Mehmet poshoning (faoliyat yillari: 1792–1794) qabri ham masjid hazîresida saqlanadi. Zeynep Sultonning birinchi turmushidan Mahmud Dramali posho ismli oʻgʻli boʻlgan.