Kontent qismiga oʻtish

Zikri arra

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Zikri arra (zikri minshoriy, zikri aloniy yoki zikri jahriy) - Yassaviya tariqatidagi jahriy zikr marosimining turi.

Zikri arra deb nomlanishining sababi - zikr davomida qaytariladigan kalimalarning tezlashishi natijasida oʻziga xos halqum tovushi vujudga kelishi va bu huddi «arraning ish jarayonidagi tovushi»ga oʻxshab ketishidir. Zikr jarayonini quyidagicha tasvirlash mumkin. Agar zikr tushuvchi yolgʻiz boʻlsa, zikr kalimalari, «ha-hu» tovushlarini takrorlash tarzida asta-sekin boshlanib, tezlasha borgan sari zikr etuvchining holati oʻzgara boshlashi kuzatiladi. Ayni damda «jazba» yaqinlashish arafasida «ha-hu» talaffuzi ancha tezlashib, yuqorida aytilgan «halqum tovushi» yuzaga keladi.

Mazkur kalimalarning ma’nosi turlicha talqin qilinib, koʻpincha Allohning ismlaridan biri «al-Hayy» (yoki «al-Haqq» ham qoʻllanishi mumkin) va tasavvufda Allohni nazarda tutib, istifoda etilib kelingan «Huva» olmoshi birikmasidan, ya’ni «Hayy-Huva» - «Abadiy Tirik zot Udir» degan ma’noni aks ettiradi, deyiladi. Ba’zi fikrlarga koʻra, bu tovush koʻpgina tariqatlarda zikrning ajralmas qismi boʻlgan «La ilaha illalloh» kalimasining yarim oshkora yarim pinhona tarzida tez-tez takrorlanishi natijasida yuzaga kelgan. Ya’ni kalimaning oxirgi boʻgʻinlarinigina oshkora talaffuz qilish orqali «ha-hu» tovushlari vujudga kelgan deyiladi[1].

  1. Usmonov, Olimov, Yo'ldashxo'djayev, Faxriddinov, To'ychiyeva, Jabborov, Cho'tmamatov, Rahimov, Komiljonova, Karimova, Nurmuhammedov, Erkaboyeva, Jurayev 2015, s. 91.
  • Usmonov I, Olimov S, Yo'ldashxo'djayev H, Faxriddinov Z, To'ychiyeva N, Jabborov N, Cho'tmatov J, Rahimov K, Komiljonova Z, Karimova S, Nurmuhammedov D, Erkaboyeva F, Jurayev O Turdiyeva D.. Tasavvuf atamalari. Movarounnahr nashriyoti, 2015 — 360-bet. ISBN 978-9943-12-346-5.