Kontent qismiga oʻtish

Zimbardor madrasasi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Madrasa
Zimbardor madrasasi
Zimbardoriy
Mamlakat  O'zbekiston
Hudud Farg'ona
Maktab yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Davlat mulki
Madrasa turi Kichik
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Meʼmor Xudoyor Mahviy
Asosiy sana:
1827
Maqomi Davlat himoyasida
Holati amaldagi
Hujralar soni 6
Qurilish materiali pishiq g‘isht

Zimbardor madrasasi – 1827-yilda davlat arbobi Muhammad Aminbek tomonidan otasi Karimqul Zimbardor sharafiga Qoʻqon shaxridagi Isfara mahallasi markazida qurilgan. Qurilishga mashhur quruvchi Xudoyor Mahviy rahbarlik qilgan. Madrasa hovli boʻylab 6 ta hujra (oʻquv hujrasi), 4 ta darsxonadan va ayvonli ichki namozxonadan iborat[1]. Qurilishda toʻrtburchak pishirilgan oʻzbek gʻishtidan foydalanilgan, ichki devor va shiftlar turli naqshlar bilan bezatilgan. Tashqi tomon angob usulida pardozlangan, xonalar ganch bilan suvalgan. Shifti oʻziga xos ravoq va vassa usulida yopilib, goʻzal naqshlar bilan bezatilgan. Mustaqillikdan soʻng madrasa biroz oʻzgartirishlar bilan qayta tiklandi. Hozirda u jamoat uchun masjid sifatida xizmat qilmoqda[2]. Chorsudagi Jome masjidi orqasidagi koʻcha Zinbardor masjidiga olib boradi.