Zinnura Djuraeva

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Zinnura Djuraeva
Shaxsiy maʼlumotlari
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 26-sentabr 1985-yil
Oʻzbekiston
Sport
Qaysi sport dzyudo

Zinnura Djuraeva (tugʻ. 26-sentyabr 1985-yil, Oʻzbekiston) — oʻzbek dzyudochisi, 48 kg gacha vazn toifasida ishtirok etadi. XXIX yozgi Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi, dzyudo boʻyicha Osiyo chempionati sovrindori .

Martaba[tahrir | manbasini tahrirlash]

2002-yildan boshlab u xalqaro musobaqalarda qatnasha boshladi. Busan shahrida (Koreya Respublikasi) boʻlib oʻtgan yozgi Osiyo oʻyinlarida 48 kilogramm vazn toifasida u yettinchi oʻrinni egalladi[1]. 2003-yilda Jeju shahrida (Koreya Respublikasi) dzyudo boʻyicha oʻtkazilgan Osiyo chempionatida 48 kg vazn toifasida bronza medalini qoʻlga kiritdi[2]. 2004-yilda Doʻhada (Qatar) dzyudo boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritdi. Olmaotada (Qozogʻiston) dzyudo boʻyicha oʻtkazilgan Osiyo chempionatida 48 kilogramm vazn toifasida u yana yettinchi oʻrinni egalladi.

2006-yilda Doʻhada (Qatar) boʻlib oʻtgan Yozgi Osiyo oʻyinlarida 48 kg vazn toifasida 1/8 finalda mongoliyalik dzyudochi Gereltuya Erdenechimegga yutqazdi[3]. 2007-yilda Kuvaytda boʻlib oʻtgan dzyudo boʻyicha Osiyo chempionatida 52 kg vazn toifasida u yaponiyalik Natsuko Kimishimani magʻlub eta olmadi[4].

2008-yilda Pekinda (Xitoy) boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiya oʻyinlarida 52 kilogrammgacha vazn toifasida u birinchi bosqichda nemis dzyudochisi Romi Tarangul bilan uchrashdi, ammo uni magʻlub eta olmadi[5][6]. Jyeju (Koreya Respublikasi) shahrida oʻtkazilgan dzyudo boʻyicha Osiyo chempionatida 52 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasida u yarim finalda Mongoliya vakili Mönkhbaataryn Bundmaaga imkoniyatni boy berib qoʻydi. Bronza medali uchun kechgan jangda u Tayvan vakili Shi Peyjunga imkoniyatni boy berdi[7]. Osiyo chempionatidan soʻng u sport karerasini yakunladi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Asian Games Busan Event“ (en). JudoInside.com. Qaraldi: 2021-yil 23-avgust.
  2. „Asian Championships Jeju Event“ (en). JudoInside.com. Qaraldi: 2021-yil 23-avgust.
  3. „Wayback Machine“ (en). sportfieber.pytalhost.com (2014-yil 29-may). 2014-yil 29-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 23-avgust.
  4. „Asian Championships Kuwait City Event“ (en). JudoInside.com. Qaraldi: 2021-yil 23-avgust.
  5. „Half-Lightweight (≤52 kilograms), Women“ (en). Olympedia.org. Qaraldi: 2021-yil 23-avgust.
  6. „Ришод Сабиров принес узбекской сборной первую медаль“ (ru). Газета.uz (2008-yil 10-avgust). Qaraldi: 2021-yil 23-avgust.
  7. „Asian Championships Jeju Event“ (en). JudoInside.com. Qaraldi: 2021-yil 23-avgust.