Zirh poʻlati
Qiyofa
Zirh poʻlati — harbiy mashinalar va obʼyektlarni himoya qilish uchun ishlatiladigan poʻlat. Legirlangan poʻlat jumlasiga kiradi. Tarkibida 2,5% gacha xrom, 3% gacha nikel, 0,6% gacha molibden, 0,2% gacha vanadiy, 1,5% gacha marganets va 2% gacha kremniy boʻladi. Harbiy obʼyektlar uchun koʻpincha 20–200 mm qalinlikdagi prokatlangan, prokatlangan bolgʻalangan yoki quyma plitalar koʻrinishidagi 3. p.dan foydalaniladi. 3. p. texnika maqsadlarida, mas, elektr kabellarini turli zarblardan himoya qilish uchun ham ishlatiladi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |