Ziyod Yesenboyev
Ziyod Islomovich Yesenboyev (1921.21.6, Qibray tumani) — jurnalist, noshir va jamoat arbobi. Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi (1939—46). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (1967). "Qizil Oʻzbekiston" gaz.da boʻlim mudiri, masʼul kotib va muharrir oʻrinbosari (1948— 54), muharrir (1961—63). "Toshkent haqiqati" gaz. muharriri (1954—61). Oʻzbekiston davlat matbuot qoʻmitasi raisi (1963—84), ayni paytda Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi boshqaruvi raisi (1962—84). "Muxbir" — "Korrespondent" jurnal bosh muharriri oʻrinbosari (1984—90), Oʻzbekiston Respublikasi matbuotini qoʻllabquvvatlovchi jamgʻarma boshqaruvi raisi (1993—95). "Oʻzbekiston matbuoti" jurnal bosh muharriri (1991—2002). Bir qancha kitoblar va publitsistik maqolalar muallifi. Uch kitobdan iborat "Matbuotimiz fidoyilari" toʻplamini tuzgan va nashrga tayyorlagan. "El-yurt hurmati" ordeni (1998), "Jasorat" medali (1995) bilan mukofotlangan. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1981).[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Bryussel vistavkasi xotiralari, T., 1959;
- Ming orol mamlakatida, T., 1964;
- Zdravstvuy, tovarish kniga, T., 1972.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |