Kontent qismiga oʻtish

Ziyod ibn solih al Xuzaʼiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ziyod ibn solih al Xuzaʼiy (? taxminan 754) — Abu Muslimning yaqin safdosh (naqib)laridan biri va sarkardasi. Arablarning xuzaʼa qabilasidan. Abu Muslim uni 10 ming kishilik qoʻshin bilan Buxorodagi Sharik ibn alMaxriy harakatini bostirish uchun yuborgan (750/751). Sharik bilan Z.i.S. qoʻshinlari oʻrtasidagi urush 37 kun davom qilgan. Sharik jangda halok boʻlgan. Buxoro amiri Abdujabbor ibn Shuayb shaharni qattiq mudofaa etgan. Z.i.S. Buxoroni ololmay shaharga oʻt qoʻyishni buyurgan: 3 kun ichida shaharning katta qismi kuyib kul boʻlgan. Oxiri jang shaharning jan. qismidagi Attoron darvozasi oldida boʻlgan, juda koʻp aholi qirilib ketgan. Qolgan mudofaachilarni shahar darvozasiga osishgan. Z.i.S. Samarqanddagi gʻalayonni ham bostirgan. 751-yil Talas jangada Oʻrta Osiyoda oʻz mavqeini kuchaytirmoqchi boʻlgan xitoy qoʻshinini butkul tormor keltirgan. 754-yil xalifa Mansur buyrugʻi bilan Abu Muslimga qarshi chiqqan. Z.i.S.ga qarshi boʻlgan Buxoro hokimlari Abu Muslimni qoʻllabquvvatlashgan. Z.i.S. Samarqand atrofidagi Barkas qishlogʻida yashovchi zodagon dehqon uyiga yashiringan, lekin dehqon uni oʻldirib, boshini barkashga solib Abu Muslim oldiga olib kelgan.

Manba: Istoriya atTabari, T., 1987. Abu Sayd Gard izi, Zayn alaxbor. Ukrasheniye izvestiy, T., 1991; Bartol d V. V., Sochineniya, t. II (I), M, 1963; Oʻzbekiston xalklari tarixi, 1j., T., 1992.

Faxriddin Hasanov.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil